Nebomoreoblaka
„Nebomoreoblaka“ | ||||
---|---|---|---|---|
Zemfira qoʻshigʻi | ||||
Chiqarilgan sanasi | 20-may 2004-yil | |||
Yozib olingan | 2004 | |||
Studiya | Studiya MGSU | |||
Janr | (albom versiyasi) (radio versiyasi) | |||
Davomiyligi | 03:37 | |||
Leybl | REAL Records | |||
Matn muallif(lar)i | Zemfira | |||
Bastakor(lar) | Zemfira | |||
Zemfira xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Nebomoreoblaka“ YouTubeda |
„Nebomoreoblaka“ (ruscha: Небомореоблака, yaʼni, „Osmondengizbulutlar“) — rossiyalik qoʻshiqchi Zemfira ijro etgan qoʻshiq. 2004-yilning 20-mayida Zemfiraning „Vendetta“ nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqning ilk versiyasi elektron musiqa janrida boʻlib, albom uchun ogʻir, har-rok janriga xos versiya yozilgan. Qoʻshiqning matnini ham, musiqasini ham Zemfiraning oʻzi yozgan.
„Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻida ijtimoiy masalalar haqida soʻz boradi. Jurnalistlar va tahlilchilar fikriga koʻra, ashulada shou-biznes tanqid qilingan[1]. Ashulada rus qoʻshiqchisi Valeriya ismi tilga olingani rus matbuotida keng muhokama qilindi. Zemfira bergan intervyularining birida albomning nomi „Vendetta“ boʻlgani uchun „Endilikda qoʻshiqchi Valeriya kim uchun kuylashini bilaman“ (ruscha: Теперь я знаю кому поёт певица Валерия) misrasini vendetta oʻlaroq talqin qilish mumkingligini aytdi, ammo shaxsan oʻzi Valeriyani dushman hisoblamasligini taʼkidladi[2].
Ashula tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Koʻpchilik tahlilchi „Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻining rok versiyasini olqishladi[3]. Tanqidchilar bu versiyani Korn, Rammstein, Led Zeppelin, Deep Purple hamda Nine Inch Nails ijodiga ijobiy qiyosladilar. Ashulani yozib olishda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Oleg Pungin (barabanlar), Korney (bas-gitara) hamda Yuriy Saler (gitara).
Qoʻshiq Rossiyada keng tanildi hamda rus radio xit-paradida ikkinchi oʻringacha koʻtarildi. „Nebomoreoblaka“ 2011-yil „Time Out“ jurnali tomonidan tuzilgan „Hayotimizni oʻzgartirgan 100 qoʻshiq“ (ruscha: 100 песен, изменивших нашу жизнь) roʻyxatidan oʻrin oldi[4].
Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zemfira — musiqa, ashula matni, vokal
- Oleg Pungin — barabanlar
- Korney — bas-gitara
- Yuriy Saler — gitara
- Bolshakov — injener
- Denis Yurovskiy — yordamchi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О новой песне Земфиры“ (deadlink). «Лефт.Ру». 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
- ↑ „«После выхода альбома я не имею к нему отношения»“ (deadlink). Русский Newsweek. 2011-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Земфира «Вендетта»/мужской взгляд“ (deadlink). KM.RU Образование. 2011-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
- ↑ Максим Тувим, Антон Милехин, Дмитрий Демидов. „100 песен, изменивших нашу жизнь“ (deadlink). Time Out (2011-yil 13-dekabr). 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Nebomoreoblaka“ YouTubeda (jonli ijro)