Kontent qismiga oʻtish

Nalini Singh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nalini Raadhika Singh

At the 2012 Frankfurt Book Fair
Tavalludi 7-sentyabr 1977-yil (1977-09-07) (47 yosh)
Ijod qilgan tillari ingliz tili
Fuqaroligi New Zealand
Taʼlimi Bachelor of Laws (hons) (conj) 2001
Faoliyat yillari 1999–yildan hozirgacha
Mukofotlari
  • Clendon Award (readers' choice), 2001
  • Sir Julius Vogel Award (best novella/novelette), 2008 & 2009
  • Australian Romance Readers Awards (favourite paranormal romance), 2020
Veb-sayti
nalinisingh.com

Nalini Singx – asl nasl-nasabi hind boʻlgan Yangi Zellandiyalik yozuvchi. U koʻplab ishqiy romanlar muallifi sifatida mashhur.

Asli hind millatiga mansub boʻlgan Nalini Singh 1977-yilda Fijining Suva shahrida dunyoga kelgan va 10 yoshga yetganida oilasi bilan Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga koʻchib oʻtishgan[1][2]. U Mount Roskill Schoolda tahsil olgan, keyin Oklend universitetida huquq yoʻnalishida va ingliz adabiyoti fakultetida tahsil olgan, u yerni 2001-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1999-yilda Singh Yangi Zellandiyaning „Romance Writers“ tanlovida uchinchi oʻrinni egallab, Clendon mukofoti sovrindori boʻldi. Bundan soʻng 2001-yilda uning „Coaxing the Sheik“ qoʻlyozmasi eng yuqori oʻrinni egallagan Mills and Boon uchun Jeyn Porter mukofotini, shuningdek, oʻsha yili „Readers Choice“ mukofotini qoʻlga kiritdi[3]. „Coaxing the Sheik“ uning nashr etilgan ilk asari boʻlib, 2003-yilda "Desert Warrior" nomi bilan chop etilgan.

Adibaning kitoblari Nyu-York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida[4], USA Today gazetasining eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida[5], shuningdek, Publishers Weeklyning ham eng koʻp sotilganlar roʻyxatidan oʻrin egallagan[6].

Eʼtirof etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, eng yaxshi roman uchun „Julius Vogel Award“ mukofoti (ikki marta, 2008- va 2009-yillarda qoʻlga kiritgan)[7]. „Favourite Paranormal Romance at the 2020“ tanlovida Favourite Paranormal Romance nominatsiyasida gʻolib deb topilgan[8]. Uning 2021-yilgi jinoiy romani muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, "Ngaio Marsh Awards" tanlovining Eng yaxshi jinoyat mavzusidagi roman uchun bellashuvda finalist boʻlgan[9].

Nalini Singx Nyu-Yorkda „Heart of Obsidian“ asarini muhokama qilmoqda.
  1. „Singh, Nalini“. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
  2. „About Nalini“. Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
  3. „Clendon Award Page“. 2010-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr.
  4. „Paperback Mass-Market Fiction - November 21, 2010“. New York Times (2010-yil 21-noyabr). 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Book Reviews, News and Best Selling Lists - USATODAY.com“ (en-US). USA TODAY. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  6. http://www.publishersweekly.com/pw/bestsellers/mass-market-paper/20100215.html Publishers' Weekly best-sellers for 15 February 2010
  7. http://sffanz.sf.org.nz/sjv/sjvResults-2009.shtml Sir Julius Vogel awards 2009
  8. „2020 Awards: winners“ (en). Australian Romance Readers Association (2021-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  9. „Bublitz sweeps 2022 Ngaio Marsh Awards“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.