Kontent qismiga oʻtish

Muzli mehmonxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kanadadi muzli mehmonxonani asosiy kirish qismi.

Muzli mehmonxona, qor va muz bloklaridan tashkil topgan vaqtinchalik mehmonxonadir[1]. Muzli mehmonxonalar 0 gradusdan past haroratda boʻlib, muz va qordan qurilgan va odatda har yili qayta tiklanishi kerak chunki kunlar isishi bilanoq mehmonxona oʻz koʻrinishini yoʻqotadi. Shuningdek muzli mehmonxonalar bir necha mamlakatlarda mavjud boʻlib, ular turli xil qurilish uslublari, xizmatlari va qulayliklariga ega va muzli barlar, restoranlar, ibodatxonalar va issiq vannalarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Umumiy koʻrinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzli mehmonxonalar yangilik va gʻayrioddiy muhitlarga qiziqqan va ochiq havoni sevuvchi sayohatchilar uchun taklif qilinadi. Mehmonlar qor yoki muzdan yasalgan toʻshakda, lekin juda sovuq haroratga bardosh berishga moʻljallangan moʻyna va adyol issiqligida uxlashga tayyor boʻlishlari kerak. Xonalardagi harorat Tselsiy boʻyicha noldan past, lekin tashqaridan ancha issiqroq. Muzli mehmonxonada qolish qimmat, chunki tungi narxlar 300 dan 3 000 dollargacha oʻzgarib turadi. Baʼzi muzli mehmonxonalar ayni bir maqsadda qurilgan boʻlishi mumkin.[2]

Muz baridagi finjonlar muzdan yasalishi mumkin va odamlar muzdan yasalgan oʻrindiqlarda oʻtirishadi. Muzli bar, baʼzan muz mehmonxonasi bilan bogʻliq boʻlib, asosan muzdan tayyorlangan ichimlik uchratish mumkin.


Muzli mehmonxonalar qurilish va foydalanish jarayonida past haroratga (0 °C yoki 32 °F dan sovuqroq) bogʻliq. Bu qurilishda vaqt cheklovlarini keltirib chiqaradi va mehmonxonani faoliyat mavsumini qisqa qiladi. Qurilish odatda noyabr oyida boshlanadi, bu vaqtda qor siqiladi va qalin muz hosil boʻladi. Muzli mehmonxona qurish oddiy binodan koʻra koʻproq mehnat talab qilsa-da, qurilish materiallari ancha arzon[3]. Muzli mehmonxonalar har yili rekonstruksiya qilinishi kerak. Bu yaratuvchilarga toʻliq zarar keltirmaydi; Agar muzli mehmonxona oʻzining moliyaviy maqsadlariga javob bermasa, egasi oddiygina bahorda binoning erishiga ruxsat berishi mumkin va doimiy xizmat koʻrsatish uchun hech qanday bino qolmaydi.

Devorlar, jihozlar va poydevor butunlay muz yoki siqilgan qordan qilingan va anʼanaviy gʻishtdan qurilgan mehmonxonada ohak oʻrnini egallagan snice deb nomlanuvchi modda yordamida birlashtiriladi. Baʼzan ularni qurishda temir karkas ishlatiladi.[4][5]




Turli davlatlardagi mehmonxonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film
Davlat Nomi Yaratilgan vaqti
Ruminiya Bâlea Lake Ice Hotel, 2006
Norvegiya Sorrisniva Igloo Hotel 1999
Finlandiya Lainio Snow Village 2007
Yaponiya The Alpha Resort Tomamu -
Kanada Ice Hotel 2001-yil yanvar
Snow Village 2012
Shvetsiya Icehotel 1989
Shveysariya The ski resort


Hôtel de Glace (inglizcha: Ice Hotel) birinchi marta 2001-yilning yanvar oyida ochilgan. 85 ta xona kiyik moʻynalari va matraslar bilan qoplangan muz toʻshaklari bilan jihozlangan va arktik uyqu uchun maxsus uyqu sumkalari bilan jihozlangan. U dastlab Kvebekdagi Lak-Saint-Jozef qirgʻogʻida, Kvebek shahridan 31 daqiqa shimolda joylashgan edi, ammo hozirda Kvebekning Old Town shahridan 10 daqiqa uzoqlikda shaharga yaqinlashdi.[6] U yanvar oyining birinchi haftasidan mart oyining oxirgi haftasigacha ishlaydi.[7] Unga qoʻshni Le Quatre Temps restorani, Absolut Ice Bar nomli muz bar mavjud boʻlib, unda Absolut Vodka va boshqa ichimliklar, sauna va ochiq havoda issiq vannalar mavjud.[8]. 2005-yilda qurilish "Monrealdan olib kelingan 400 tonna toza muz bloklari va maydonda ishlab chiqarilgan 12 000 tonna qor bilan bogʻliq edi va mumiya uslubidagi uxlash uchun sumkalar taqdim etilgan. Mehmonxona pullik turlarni taklif qiladi, ularning ishtirokchilari yarim tungacha muz bardan foydalanishlari mumkin. Ice Hotel ilgari Shimoliy Amerikadagi yagona muzli mehmonxona edi.


Finlandiyaning Kemi shahridagi Kemi qor qalʼasi dunyodagi eng katta qor qalʼasi boʻlib, har qishda qayta quriladi va qor mehmonxonasi[9] ikki kishilik xona va asal oyi to'plamiga ega. Shuningdek, muassasada restoran, ibodatxona va muzdan yasalgan haykallar mavjud. U Botniya koʻrfaziga yaqin joylashgan.[9] Obyektning uslubi, jumladan, mavzusi, shakli, hajmi va bezaklari har yili oʻzgarib turadi.[9]


Yaponiyaning Xokkaydo orolining Shimukappu qishlog'idagi Alpha Resort Tomamu har yili muz mehmonxonasini ochadi.[10] Bu Yaponiyaning birinchi muz mehmonxonasi boʻlishi mumkin va undagi hamma narsa muzdan qurilgan.[10][11] Mehmonxonaning ichki qismi odatda -3 dan -5 °C gacha. Mehmonlar muzli stollarda ovqatlanishadi va qo'y terisi bilan qoplangan muz stullarda oʻtirishadi. Mehmonxona mehmonlarni issiq tutishlari uchun qoʻy terisidan tikilgan kiyimlar bilan taʼminlaydi.[10]

  • Muz bar,

Ice Hotel tomonidan boshqariladigan Ice Bar, Norvegiyaning Oslo shahri markazida joylashgan bar[12] boʻlib, u butun yil davomida sunʼiy muzlatilgan muhitda faoliyat koʻrsatadi.

  • Kirkenes muz mehmonxonasi

Kirkenes Snow Hotel Norvegiyaning eng sharqiy va shimoliy okrugi Finnmarkda joylashgan.[13]Rossiya chegarasidan 15 km uzoqlikda joylashgan[13] va birinchi marta 2006-yilda ochilgan.[14] Mehmonxona Norvegiya- Uning 20 xonasi va Norvegiyadagi eng katta qor gumbazi (balandligi 8 metr va diametri 12 metr) bor edi. Barcha xonalar Finlandiya va Yaponiyadan kelgan muz rassomlari tomonidan alohida bezatilgan. Gʻarbiy Snow Hall mahalliy haykaltarosh Arild Wara tomonidan bezatilgan. Muz mehmonxonada tunash ochiq olovda tayyorlangan maxsus kechki ovqat bilan birlashtiriladi.[13] Mehmonlar mehmonxonada qolishdan oldin yoki keyin sauna olishlari mumkin. Mehmonxonada muz bar,[13] bog‘ va ferma mavjud.

Ruminiyadagi muz ibodatxona, 2011

Sharqiy Yevropadagi birinchi muz mehmonxonasi Bâlea Lake Ice Hotel 2006-yilda Ruminiyada, Fagaras togʻlarida, dengiz sathidan 2034 metr balandlikda qurilgan. Qishda unga faqat teleferiklar orqali kirish mumkin, chunki DN7 milliy yoʻli qishda yopiladi.[15]. Bu mehmonxona Balea koʻli yonida joylashgan,[16]12 xonali kichik Muz mehmonxonasi va uning yonidagi cherkov, restoran va barni qurish uchun muzdan foydalanishdan oldin koʻl muzlashini kutishadi. Mahalliy rassomlar ruminiyalik modernist, haykaltarosh Konstantin Brânkusining haykallariga taqlid qilishadi. Odatda mehmonxona dekabrda qurib bitkaziladi va u mart yoki aprel oyining oxirlarida eriguncha ochiq boʻladi[16].Shuningdek koʻgina mashgʻulotlar mavjud. Masalan, Changʻi, chanada uchish yoki qor motosiklida sayr qilish kabi sport turlari taklif etiladi. Sarguzashtlarga moyil boʻlganlar heliskingni yaʼni kichik vertolyotda atrof muhit manzarasini tomosha qilishni tashkil qilishlari mumkin.Bâlea Lake Ice Hotel Ruminiyaga tegishli, ammo Buyuk Britaniyada joylashgan Untravelled Paths Limited sayyohlik kompaniyasi bilan aloqada ishlaydi.[17][18].

Har yili dekabr va aprel oylari orasida Jukkasjarvi qishlog'idagi Icehotel foliyat yuritadi. U Shvetsiyaning Kiruna shahridan taxminan 17 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, u dunyodagi birinchi muz mehmonxonasi edi. 80 ta xona mavjud.[1] Mehmonxonada kirish zalidan tashqari ibodatxona[1] va Absolut Icebar nomli muz bar mavjud. 1989-yilda yaponiyalik muz rassomlari ushbu hududga tashrif buyurishdi va muz sanʼati koʻrgazmasini tashkil qilishdi. 1990-yil bahorida fransuz rassomi Jannot Derid bu hududda koʻrgazma oʻtkazdi. Bir kechada shaharchada xona yoʻq edi, shuning uchun baʼzi mehmonlar ko'rgazma zalida tunash uchun ruxsat soʻrashdi va ular bugʻu terisi ustida uxladilar.

Butun mehmonxona Torne daryosidan olingan qor va muz bloklaridan qilingan shuningdek barlardagi stakanlar ham muzdan tayyorlangan edi.[19] Har bahorda, taxminan mart oyida, Icehotel muzlagan daryodan muz yigʻib oladi va uni 100 000 tonnadan ortiq muz va 30 000 tonna qorni saqlash uchun joy boʻlgan yaqin atrofdagi ishlab chiqarish maydonida saqlaydi. Muz bloklarining bir qismi ikki tonna ogʻirlikda boʻlib, ularni joylashtirish uchun kranlardan foydalaniladi. Muzdan Icebar dizayni va muz stakanlarini yaratish shuningdek muzdan haykaltaroshlik, qor esa bino uchun mustahkam konstruktsiyani qurish uchun ishlatiladi. Qolgan 1000 tonnaga yaqini keyingi Icehotel qurilishiga sarflanadi.

Shveysariyaning Alp tog'laridagi Gstaad qishlogʻida joylashgan togʻ-changʻi kurortida mehmonlar tunash uchun qordan yasalgan kichik hajmdagi yotoqxonalarni ijaraga olishlari mumkin boʻlgan Iglu qishlog'i mavjud.[20] U yerda uxlash joylariga koʻtarilib asosan hayvon terisidan ishlangan yotoqxoanarda tunashlari mumkin va[20] yoritish shamlar bilan ham taʼminlanadi.[20]




  1. 1,0 1,1 1,2 Andrews. Introduction To Tourism And Hospitality Industry. Tata McGraw-Hill Education, 1 June 2007 — 105-bet. ISBN 978-0-07-066021-2. 
  2. https://books.google.co.uz/books?id=PrRdc5SI_R4C&pg=PT105&redir_esc=y ntroduction To Tourism And Hospitality Industry McGraw-Hill Education (India) Pvt Limited, 2007 ISBN 0070660212, 9780070660212 Количество страниц Всего страниц: 236
  3. arzonroq.https://books.google.co.uz/books?id=kkJro7zYe2YC&pg=PA240&redir_esc=y#v=onepage&q&f=false
  4. https://www.latimes.com/travel/deals/la-trb-offbeat-traveler-2012-jukkasjarvi-sweden-icehotel-20121217-photogallery.html
  5. Magder, Jason „Everything you need to know about Quebec City's Ice Hotel“. Canada.com (article written by Montreal Gazette). Postmedia Network. 2014-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-oktyabr.
  6. „Hôtel de Glace“. Icehotel-canada.com (2013). — „"Located at only 10 minutes from downtown Québec City"“. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Hôtel de Glace — Quebec City's Ice Hotel FAQ“. Hôtel de Glace. — „"open from the first week in January to the last week in March."“. 2011-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Baldwin, Letitia.. „Cold comfort“ (2005-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 The Canadian Press.. „Travel: Montreal's Snow Village includes 30-room ice hotel“ (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 Koh, Yoree.. „Icy Hospitality: $900 for a Night at the 'Ice Hotel'“ (2011-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  11. Hatano, Yurie „Ice Village“. Shift Japan (2006-yil fevral). 2007-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Doman, Gaby.. „Awesome Oslo“ (2011-yil 18-mart). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 Cahill, Louise.. „Travel: Kirkenes Snow Hotel, Arctic Norway“ (2014-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  14. „Snowhotel“. Kirkenes Snowhotel. 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  15. (Staff). „Romania's ice hotel fully booked by Brits“. Business Review (2013-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  16. 16,0 16,1 (Staff). „Have an ice time: a cool holiday experience at Balea Lake“. Business Review (2013-yil 19-dekabr). 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  17. „The Ice Hotel Experience“. Untravelled Paths. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  18. „Untravelled Paths (about)“. Untravelled Paths. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.
  19. https://web.archive.org/web/20080330211744/http://www.specifier.com.au/projects/hospitality/27097/Designing-An-Icehotel.html arxivlandi 2008-yil 30-mart https://specifier.com.au/
  20. 20,0 20,1 20,2 Steel, Patrick.. „Chilly reception“ (2007-yil 2-aprel). Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr.