Muzikalnaya chayxana
„Muzikalnaya chayxana“ | ||||
---|---|---|---|---|
Yalla qoʻshigʻi | ||||
„Muzikalnaya chayxana“ albomidan | ||||
Til | ruscha | |||
Chiqarilgan sanasi | 1988 | |||
Janr | estrada | |||
Davomiyligi | 3:46 | |||
Matn muallif(lar)i | Yevgeniy Berezikov | |||
Bastakor(lar) | Farruh Zokirov | |||
„Muzikalnaya chayxana“ xronologiyasi | ||||
|
„Muzikalnaya chayxana“ (ruscha: Музыкальная чайхана, yaʼni „Musiqiy choyxona“) — „Yalla“ sovet va oʻzbek guruhi ijro etgan qoʻshiq. Shunchaki „Chayxana“ (ruscha Чайхана, yaʼni „Choyxona“) deb ham nomlanadi. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan shu nomli albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. kuyini guruh solisti Farruh Zokirov bastalagan, matnini esa rus shoiri Yevgeniy Berezikov yozgan[1][2].
„Muzikalnaya chayxana“ qoʻshigʻi „Yalla“ guruhi repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan butun Sovet Ittifoqi boʻylab shuhrat qozongan. Guruh qoʻshiqni „Pesnya-88“ butunittifoq telefestivali finalida ijro etgan. Ashulani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, oʻzbek qoʻshiqchisi Shahzoda hamda oʻzbek-rus qoʻshiqchi Sugʻdiyona kaver qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ялла – Музыкальная Чайхана“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
- ↑ Yoqubov, Baxtiyor „“ЯЛЛА” − биринчи ўзбек миллий эстрада гуруҳи“. UzAnalytcs (21-may 2019-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.