Muraveynik
„Muraveynik“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Kino“ qoʻshigʻi | ||||
„Chyorniy albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1991 | |||
Yozib olingan | 1990 | |||
Janr | yangi toʻlqin | |||
Davomiyligi | 5:18 | |||
Leybl | Metadigital | |||
Matn muallif(lar)i | Viktor Soy | |||
„Chyorniy albom“ xronologiyasi | ||||
|
„Muraveynik“ (ruscha: Муравейник, yaʼni „Chumoli uyasi“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ nomli studiyaviy albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Muraveynik“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.
Soy 1990-yilning bahorida qoʻshiqning akustik versiyasini yozib olgan. Bundan oldin uzoq vaqt mobaynida ashulani gitarada ijro etib, takomillashtirgan. Soy oʻz yon daftarida qoʻshiqni „Ya ne lyublyu, kogda mne vrut“ (ruscha: Я не люблю, когда мне врут) deb nomlagan[1].
„Muraveynik“ qoʻshigʻi „Kino“ guruhining 2002-yil chiqarilgan „Posledniye zapisi“ albomiga ham kiritilgan. Albomdan qoʻshiqning ikki versiyasi oʻrin olgan — albomga 10-trek oʻlaroq ashulaning qora nusxasi, 12-trek oʻlaroq 1990-yil yozib olingan akustik versiyasi kiritilgan.
Qoʻshiq tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Svetlana Petrova qoʻshiqda oʻlim haqida soʻz borishini urgʻulagan[2]. Uning fikricha, ashulada shaharning aniq leksik obrazi yoʻq, lekin qoʻshiqda chumoli ini obrazi yordamida shahar hayoti obrazlari haqida soʻz boradi. Yelena Shadjanova esa qoʻshiqda allegoriya yordamida qishloq hayoti ham tasvirlanganini xulosa qilgan[3]. Uning fikricha, chumoli xalq ijodidagi obrazlarning biri boʻlib, koʻplikni ifodalaydi. Shadjanova qoʻshiqda „oʻlib ketadi“ (ruscha: помрёт) feʼli ishlatilgani uchun oʻlim tushunchasining emotsional hamda uslubiy tusi kichraytirilganini xulosa qilgan. Shuningdek, uning fikricha, qoʻshiqda muallif yaratgan boʻshliqda kishi oʻzligi yoʻqoladi.
Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Viktor Soy — vokal
- Yuriy Kasparyan — gitara
- Igor Tixomirov — bas-gitara
- Georgiy Guryanov — barabanlar
- Yuriy Azenshpis — produser
- Jean Taxis — mikslash
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Калгин, Виталий. Виктор Цой и его КИНО. Litres, 2022 — 579-bet. ISBN ISBN 978-5-457-89574-4.
- ↑ Петрова, Светлана „Городской текст в творчестве В. Р. Цоя“. Cyberleninka. Вестник Российского университета дружбы народов. Qaraldi: 16-iyul 2022-yil.
- ↑ Шаджанова, Елена „Эволюция семантики концепта смерти в рамках когнитивного уровня языковой личности Виктора Цоя“. Cyberleninka. Вестник Костромского государственного университета им. Н. А. Некрасова. Qaraldi: 16-iyul 2022-yil.