Muhabbat Sharapova
Muhabbat Sharapova (1949-yilning 24-yanvarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tugʻilgan) — matematika fani oʻqituvchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1971-yili Samarqand davlat universitetini tugatib, oʻzi tahsil olgan Shahrisabz shahridagi 5-maktabda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 2000-yildan boshlab Qarshi 2-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatida pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Muhabbat Sharapova pedagogik faoliyatining qariyb yarim asri davomida faqatgina matematika fanidan dars beradigan shogirdlarining oʻzi 120 nafardan oshgan. Ular orasida 4 nafar fan doktori, oʻnlab fan nomzodlari boʻlgan shogirdlari bor. Uning oʻquvchilari 22 maratoba respublika fan olimpiadalarida, 7 marta xalqaro fan olimpiadalarda va 2 marta „Bilimlar bellashuvi“ respublika bosqichida ishtirok etishgan.[1]
Unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yili „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“
1996-yili „Mehnat shuhrati“ ordeni
2007-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“
2016-yili „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan mukofotlangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Muhabbat Sharapova Arapovna“. archive.uz. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Muhabbat Sharapova“. oyina.uz. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.