Kontent qismiga oʻtish

Muhabbat (Vohidov asari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhabbat
Muallif(lar) Nodir Atoyev
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2022
2028 (qayta nashr)
Sahifalar soni 447 (qayta nashr)

„Muhabbat“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1976-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1982-yil ayni nashriyotda qayta nashr qilingan.[1] Ikkinchi nashr uchun adabiyotshunos Laziz Qayumov soʻngsoʻz yozgan.

Qayta nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Q. Rahimboyeva – muharrir, M. Reyx – rassom, I. Kiriakidi – rasmlari muharriri, E. Potapova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.

Boʻlim Boʻlim boshida keltirilgan sheʼriy parcha Qisqa tavsif
I

Qancha intilganman, kursi qoʻymasdan
Dadam javonidan olguncha kitob.
Qancha izlaganman, murgʻak fikrning
Minglab savoliga topguncha javob.

Birinchi boʻlimdan Vohidov 1952–1960-yillarda yozgan sheʼrlar oʻrin olgan.
II

El ustozim, men esam tolib,
Soʻz durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning oʻzidan olib
Odamlarga bermoqdir ishim.

Ikkinchi boʻlimda shoir 1961–1964-yillarda yozgan sheʼrlar keltirilgan.
III

Koʻp ellarni kezim, koʻp yurtlar koʻrdim,
Bir-biridan goʻzal, bir-biridan soz.
Lekin Sharqda mashʼal charogʻon yurtim
Olamda tengi yoʻq, oʻlkadir mumtoz.

Uchinchi boʻlimdan shoir 1025-1036-yillarda yozgan sheʼrlari, jumladan „Oʻzbekiston“ faxriyasi oʻrin olgan.
IV

Ahli sheʼr balki kitobim
Nazmi ishq deb ochadir,
Yoʻq, kitobim sevgining
Devoniga debochadir.

Toʻrtinchi boʻlimda shoir 1967–1976-yillarda yozgan, asosan aruz vaznida yozgan sheʼrlari va gʻazallari keltirilgan. Jumladan, boʻlimdan shoirning taniqli „Oʻzbegim“ sheʼri hamda Fuzuliy, Alisher Navoiy va Bobur gʻazallariga yozgan muxammaslari oʻrin olgan.
V

Qoʻzichogʻim, koʻzlaringni yum.
Men ertak soʻylayin,
Shirin tushlar koʻrib,
Sen, dilbandim, orom ol bir zum.

Beshinchi boʻlimda shoir 1951–1962-yillarda yozgan, asosan bolalar uchun moʻljallangan sheʼrlar keltirilgan.
VI

Oy oʻrtanar koʻzlarida yosh,
Koʻksi dogʻu yuragi qiyma.
Der: „Ey falak, men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima?“

Oltinchi boʻlimda Vohidovning xorijiy ijodkorlar asarlaridan qilgan tarjimalari oʻrin olgan. Xususan, boʻlimda Abu Ali ibn Sino, Geothe („Faust“dan parchalar), Sergey Yesenin, Aleksandr Tvardovskiy, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Andrey Malishko, Silva Kaputikyan, Muhammad Iqbol, Ulfat, Muxran Machavariani asarlarining badiiy tarjimasi qalamiga mansub sheʼrlar tarjimalari keltirilgan.
  1. „Muhabbat“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.