Kontent qismiga oʻtish

Mizoram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mizoram — Hindistonning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat, sharq va jan. tomondan Myanma, gʻarbda Bangladesh bilan chegaradosh. Maydoni 21,1 ming km². Aholisi 891 ming kishi (2001), asosan, tibet-myanma guruhi xalqlaridan iborat. Ahsshining katta qismi mizo va ingliz tillarida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Ayvzol shahri.

Mizoram 1972-yilgacha Assom shtati tarkibidagi okrug, oʻsha yildan itti-foqsosh hudud maqomini olgan. 1987-yil fevral oyidan Hindistonning teng xuquqli shtati. Shtat hududining katta qismi togʻlardan iborat. Balandligi 1000- 2000 m. Iqlimi nisbatan salqin, faqat janubida issiq va sernam. Yillik yogʻin shimolda 2100 mm dan janubida 3500 mm gacha.

Mizoram— agrar shtat. Shtat aholisining 60 % qishloq xoʻjaligida band. Asosiy ekini — sholi; shuningdek, makkajoʻxori, paxta, kartoshka, tamaki, shakarkamish, sabzavotlar ham ekiladi. Mevali boglar, choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda, asosan, choʻchqa boqiladi. Togʻli rayonlarning V, qismi oʻrmon. Sanoatida oʻrmon sa-noati yetakchi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda turli matolar, gilam toʻqiladi, qamishdan shlyapalar, savatlar yasaladi. Ipakchilik, elektronika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, konserva, sharbatlar ishlab chiqarish, yogʻmoy, choy zavodlari mavjud. Konchilik rivojlangan.