Mis rudalari
Mis rudalari — misning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan minerallari. Ular 170 dan ortiq boʻlib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. Mis rudalari boy (mis 3%dan ortiq), oʻrta (mis 0,3—1%), juda past (mis 0,3% dan kam) sifatli guruhlarga boʻlinadi. Xalkopirit CuFeS2(Cu—34,6%), bornit Cu5FeS4(Cu—52—65%), xalkozin Cu2S (Si—79,8%), kovellin CuS(Cu — 64,4%),malaxit Cu2[CO3][OH]2 (Cu57,4%) muqim Mis rudalaridir. Mis rudalarining paragenetik bogʻlanishi xilma-xil. Xalkopirit baʼzi sulfid rudalarining gidrotermal konlarida boʻladi. Koʻpchilik konlarda u rudalarning asosiy tarkibiy qismidir. Xalkopirit oʻrnida psevdomorfozalar hosil qilgan ikkilamchi mis sulfidlari — bornit, xalkozin va kovellinlar mis konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida keng tarqalgan. Malaxit — oksidlangan Mis rudalarida eng koʻp uchraydigan mineral. Mis rudalari tarkibida oltin, molibden, reniy va boshqa ham boʻladi. Mis rudalarining muhim turlariga mis-porfirli va mismolibdenli, mis-qumtoshli va slanetsli, misnikelli (sulfidli), polimetall, tomirli, kvarssulfid li, skarnli (misvanadiyli), mis-kobaltli, misvismutli, mistemirli, mis-oltinli va boshqa kiradi. Jahonda ishlab chiqariladigan misning 90% sulfidli rudalardan olinadi. M.rg-konlari RF (Ural), Zakavkazye, Krzogʻiston, AQSH, Chili, Kongo, Zambiyada bor. Oʻzbekistonda Mis rudalari konlari Olmaliq rudali rayoni — Qalmoqqir, Saricheku, Qizota va boshqa joylarda mavjud. Shulardan hozirgi kunda Kalmoqqir va Sarichekuda Mis rudalari qazib olinmoqda. Olmaliqning Mis rudalari tarkibida nodir komponentlar borligi jihatidan ular kompleksli hisoblanadi. Ulardan 15 dan ortiq eng nodir ruda hosil qiluvchi elementlar — mis, oltin, kumush, molibden, reniy va boshqa olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |