Kontent qismiga oʻtish

Minomyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Minomyot (mina va rus. metat — irgʻitmoq), mina irgʻitqich — sillits stvolli artilleriya quroli. Dushmanning ochiqlikdagi hamda okop, transheyalardagi kuchlarini, oʻt ochish vositalarini tormor qilishga moʻljallangan. Oddiyligi, yengilligi, snaryadi (minasi)ning egri chiziq boʻylab yoʻnalishi va boshqa xususiyatlari bilan odatdagi artilleriya qurollaridan farq qiladi. Asosiy qismlari: stvol, qoʻshoyoq, lafet, tayanch plitasi, pritsel, boshkaruvchi mexanizm, gorizontni toʻgʻrilash mexanizmi. M.dan oskolkali, tutovchi, yondiruvchi va fugas minalar otiladi.

M. birinchi marta rus-yapon urushi (1904—05) da rus qoʻshinlari tomonidan qoʻllangan. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) da hamma armiyalarda ishlatilgan. M.lar 81 mm dan 240 mm gacha kalibrli boʻladi. Ularning snaryadi 3 kg dan 130 kg gacha, otish masofasi 2,5 km dan 10 km gacha, jangovar holatdagi ogʻirligi 36 kg dan 3600 kg gacha. Reaktiv snaryad (mina) larni otish uchun reaktiv M.lar ham mavjud. Bunday M.lar Ikkinchi jahon urushi davrida "Katyusha" nomi bilan mashhur boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil