Kontent qismiga oʻtish

Melis Abzalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Melis Abzalov
Tavalludi 18-noyabr 1938-yil
Vafoti 26-oktyabr 2016-yil(2016-10-26)
(77 yoshda)
Stokgolm, Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissor va ssenariychi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Melis Abzalov – oʻzbek aktyori, rejissori va ssenariychisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987-yil).[1] Abzalav oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi.[2] Melis Abzalovning eng mashhur filmlari „Suyunchi“ (1982-yil), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984-yil), „Armon“ (1986-yil) va „Oʻtgan kunlar“ (1969-yil) filmlaridir.

Hayoti va ijodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melis Oripovich Abzalov 1938-yil 18-noyabrda Yangiyoʻlda tavallud topgan. U 1961-yil Toshkentdagi Ostrovskiy Teatr Institutini bitirgan. 1962-yil „Oʻzbekfilm“da ishlashni boshlagan. Abzalov 1961-yil Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan. 1961-1962-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor boʻlib ishlagan. 1962-1965-yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor assistenti, keyinchalik rejissor va aktyor, 1989-yildan „Vatan“ kinostudiyasining badiiy rahbari boʻlib faoliyat yuritgan.

Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi, xarakterlarning toʻliq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika oʻtkir satirik epizodlar bilan uygʻunlashib ketadi.

Abzalov aktyor sifatida Abdulla („Yettinchi oʻq“), Olloyorboy („Inson qushlar ortidan boradi“), Eshon Zaynullo („Qoʻqon voqeasi“), Qorashoh („Arslonning sarguzashtlari“) va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissor sifatida „Chinor ostidagi duel“, „Suyunchi“, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Armon“, „Maysaraning ishi“, „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Oʻtgan kunlar“ kabi filmlarni ishlagan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissor sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ruscha: „Belie, belie aisti“ (1966-yil)
  • Ruscha: „Vlyublennie“ (1969-yil)
  • Ruscha: „Sedmaya pulya“ (1972-yil)
  • Ruscha: „Vstrechi i rasstavaniya“ (1973-yil)
  • Ruscha: „Poklonnik“ (kinoalmanax) (1973-yil)
  • Ruscha: „Ti, pesnya moya“ (1975-yil)
  • Ruscha: „Chelovek uxodit za ptitsami“ (1975-yil)
  • Ruscha: „Dalekie blizkie godi“ (1976-yil)
  • Ruscha: "Ptitsi nashix nadejd) (1976-yil)
  • Ruscha: "Buyniy „Lebed“" (1977-yil)
  • Ruscha: „Eto bilo v Kokande“ (1977-yil)
  • Olovli yoʻllar“ (Ruscha: „Ognennie dorogi“) (1978-yil) (Serial)
  • Ruscha: „Lyubov moya“ (1981-yil)
  • Ruscha: „Uroki na zavtra“ (1983-yil)
  • Ruscha: „Ya tebya pomnyu“ (1985-yil)
  • Ruscha: „Klinika“ (1987-yil)
  • Ruscha: „Priklyucheniya Arslana“ (1988-yil)
  • Ruscha: „Chudoviщe ili kto-to drugoy“ (1988-yil)
  • Ruscha: „Vostochnaya plutovka“ (1989-yil)
  • Ruscha: „Kodeks molchaniya“ (1989-yil)
  • Ruscha: „Shok“ (1989-yil)
  • Ruscha: „Bitva trex koroley“ (1989-yil)
  • Ruscha: „Makler“ (1992-yil)
  • „Alpomish“ (Ruscha: „Alpomish“) (2000-yil)
  • „Drongo“ (Ruscha: „Drongo“) (2002-yil)
  • Ruscha: „Zastava“ (2007-yil)

Ssenariy muallifi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. [/kino/acter/m/sov/16347/bio/ „Abzalov Melis Aripovich (rus.)“]. Kino-Teatr. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
  2. [/publ/1-1-0-2973 „Abzalov Melis Aripovich (rus.)“]. Kino-CCCP. Qaraldi: 28-may 2012-yil.