Kontent qismiga oʻtish

Maqol va idiomalar tarjimasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan oʻzbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir
Muallif(lar) Gʻaybulla Salomov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i tilshunoslik
Nashriyot Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1961
Sahifalar soni 162

„Maqol va idiomalar tarjimasi“, toʻliq nomi „Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan oʻzbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir“oʻzbek tilshunosi Gʻaybulla Salomov qalamiga mansub tarjimashunoslik boʻyicha kitob. 1961-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasida chop etilgan. „Maqol va idiomalar tarjimasi“ Salomovning tarjimonlar, oʻqituvchilar va talabalar orasida keng qoʻllaniladigan asarlaridan biridir[1][2].

Asar rus tilidan oʻzbek tiliga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga bagʻishlangan. Unda ayrim frazeologik iboralar ularning ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa tillarga qilingan tarjimalari bilan solishtirilgan hamda bunday koʻchma maʼnoli birikmalarning shu tillardagi muqobillari qiyos qilingan.

  1. Саидов, Акмал. Ғайбуллоҳ ас-Салом оламига саёҳат, Toshkent, 2022. Qaraldi: 17-iyun 2024-yil. 
  2. Mirzo, Gʻulom „Tarjima moʻjizasi“. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. Qaraldi: 17-iyun 2024-yil.