Kontent qismiga oʻtish

Kosmokimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosmokimyo (kosmos va kimyo) — kosmos jismlarining tarkibi, elementlarning olamda tarqalish qonuniyatlari, koinot moddalarining hosil boʻlishida atomlar migratsiyasi va mujassamlashuvi jarayonlarini oʻrganadigan fan. 20-asr ning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Texnikaning oʻsishi, sunʼiy yoʻldosh va raketalar kashf qilinishi kimyo fanining yangi yoʻnalishiga asos soldi. Olimlar quyosh spektrlarini tahlil qilishib, unda 69 ta kimyoviy element borligini aniqlashdi. Quyoshning asosiy moddasi vodorod-geliy gaz sferasi boʻlib, unda doimiy davom etuvchi reaksiya hisobiga ulkan energiya hosil boʻladi. Aniqlanishicha, shu energiyaning nur koʻrinishidagi 5 trilliondan bir qismigina Yer kurrasiga, qolgan qismi Koinotdagi oʻzga sayyoralar va boʻshliqlarga tarqaladi. Quyoshdagi uchuvchan element va moddalar tarkibiga vodorod, azot, metan, karbonat angidrid va suv, uchmaydiganlarga esa davriy sistemadagi koʻpgina elementlar bilan bir katorda oksidlar, sulfidlar, shuningdek, silikatlar kiradi. Kremniy, temir, magniy, kalsiy, alyuminiy, titan va nikel birikmalarining miqdori koʻprokligi aniqlangan. Quyoshda uchraydigan elementlar va ular birikmalarining tarkibi Koinotning hozirgacha oʻrganilgan barcha sayyoralari tarkibiga ancha yaqinligi maʼlum boʻldi. Katta va mitti yulduzlar, meteorit va kometalarda ham shunday kimyoviy tarkib birligi qonuniyatlari mavjud. Ayniqsa, Yer va Oyda boʻlgan bir qator elementlar izotoplarining meteoritlarda topilgan elementlar izotoplari bilan hamohangligi Quyosh sistemasida yagona yadroviy jarayonlar roʻy berganligini isbotlaydigan omil ekanligini koʻrsatdi. Olingan radioizotop tahlillar Quyosh sistemasidagi qatti q fazali birikmalar bundan 4— 5 mlrd. yil avval hosil boʻlganini isbotladi. Bunday qattiq jismlar Koinot moddasining chuqur fraksiyalanishi oqibatida oʻzidagi vodorod, inert gazlar, azot, uglerod, oltingugurt, xlordan ozod boʻladi. Quyoshdan ancha uzoqda joylashgan gigant sayyoralargina Quyosh gazlaridan baʼzilarini oʻzida ushlab qoladi. Yerga va Oyga tushgan meteoritlarning kimyoviy tahlili ular tarkibida magniy va kalsiyli silikatlar, temir va titanli qotishmalar, temir sulfidli, temirtoshli moddalar borligini koʻrsatdi. Meteoritlarda 2-darajali aralashmalar sifatida grafit, murakkab tarkibli uglerodli molekulalar, karbidlar, fosfidlar, metallarning nodir sulfidlari, titan, xrom va kremniy nitridlari topilgan.

Umuman, meteoritlarning katta guruhini xondritlar deb atash kabul qilingan. Xondritli meteoritlar turli pishiklik va mustahkamlikka ega boʻlib, axondritlar esa ulardan kristall panjaralarining tuzilishi bilan farqlanadi va yerdagi vulqon jinslarini eslatadi.

Oy yuzasi qora-qoʻngʻir material bilan qoplangan boʻlib, nurning 7% ini qaytaradi, xolos. Yer yoʻldoshi qizil rangni koʻproq, koʻk yoki binafsha rangni esa kamroq qaytaradi. Shuning uchun Quyosh nuridan farqli oʻlaroq Oy zangoriroq rang bilan tovlanadi. Oy yuzasida oq qumli joylar, qora slanetsli maydonlar, undagi turli jinslar tarkibida esa koʻpgina kimyoviy elementlar, jumladan, kislorod, kremniy, temir, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, uglerod, azot, lantanidlar, aktinidlar, simob va boshqa borligi aniqlangan.

Sayyoralar ichki va tashqi sayyoralarga boʻlib tadqiq qilinadi. Ichki sayyoralarga Oy, Merkuriy, Venera, Yer va Mars, tashqilariga Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton va kichiklariga xondritli asteroidlar kiradi. Ular tarkibi va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi, ammo bitta qonuniyatga boʻysunishi tajribalar yordamida isbotlangan. Quyoshga yaqinroq masofada joylashgan Merkuriy juda katta zichlikka ega boʻlgani uchun atmosferadan mahrumdir. Aksincha, oʻzining kattaligi va zichligi bilan Yerga yaqin va uning "singlisi" deb ataluvchi Venera kuchli atmosfera bilan oʻralgan. Unda karbonat angidrid koʻpligi maxsus asboblar yerdamida oʻlchangan. Yupiterda massasi jihatidan 78%, Saturnda 63% vodorod bor. Uran bilan Neptunning zichligi yuqorirokligi sababli ularda vodorod miqdori kamroq. Bilvosita olingan tajribalarkatta sayeralarda geliy miqdori ancha koʻpligini koʻrsatdi. Mazkur sayeralarda gaz yoki moʻz holatidagi ammiak ham uchrashi isbotlangan. Bu kagga sayyoralar tarkibi Quyosh tarkibiga yaqinligidan dalolat beradi.

  • Voytkevich G. V., Fedorova N. Ye., Ximicheskiye elementi v solnechnoy sisteme, M., 1973; Axmerov K,., Kosmosdagi kimyoviy jarayonlar, T., 1979.

Qudrat Axmerov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil