Kobuliston
Qiyofa
Kobuliston – Afgʻonistonning shimoli-sharqiy qismida, Kobul daryosi havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Markazi – Kobul shahri Kobuliston janubi-gʻarbda Zobuliston bilan chegaradosh boʻlib, „Shohnomada“ bu 2 viloyat nomi koʻpincha yonma-yon zikr etiladi. Baʼzi geograflar Kobuliston bilan Zobulistonni bir viloyat nomi deb hisoblasalar-da, „Shohnoma“ hamda Abulfazl Allomiyning „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) asaridagi maʼlumotlar bu fikrni rad etadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |