Kontent qismiga oʻtish

Katya Kischuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katya Kischuk

Kischuk 2016
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 13-dekabr 1993-yil (1993-12-13) (31 yosh)
Janrlar Pop
Faoliyat yillari 2011–bugun
Guruhlari Serebro
Fuqaroligi Rossiya
Amplua reperl

Katya Kischuk (ruscha: Екатерина Кищук) – Rossiyaning Serebro ayollardan tashkil topgan guruhining sobiq yakkaxon qoʻshiqchi va model.

Katya Kischuk 13-dekabr 1993-yilda Tossiyaning Tula shahrida tugʻilgan. Bolaligidanoq, u raqsga tushishni yaxshi koʻrar edi. U koʻplab raqs musobaqalarida ishtirok etib, ikki marta hip-hop musobaqasida gʻolib chiqdi. U shuningdek aktyorlikka qiziqadi. U bir yil Moskva madaniyat universitetining teatr boʻlimida oʻqidi, soʻngra musiqa boʻlimiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki yil qoldi.[1]

2011-yilda Kischuk moda agentligi tomonidan Instagramdagi fotosuratlari tufayli tanildi va nafaqat Rossiyada, balki Osiyoning koʻp qismlarida ham muvaffaqiyatli modelga aylandi.

U Tailandning Bangkok shahrida 4 oyni oʻtkazdi va u yerda bir qator mahalliy kiyim-kechak brendlariga model boʻlib ishladi.

Bangkokda ishlagandan soʻng, Kischuk Xitoyga boradi va u yerda "oʻzini tushunish" uchun besh oy sarflaydi.

Ayni paytda u Moskva zamonaviy sanʼat institutining pop-jazz boʻlimining talabasi.

Studiyadagi albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Chocolate“ (2016)
  • „Сломана“ (2016)
  • „Сердце пацанки“ (2016)
  • „Проидет“ (2017)