Kanon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kanon (yun. kanon — qonun, qoida) — 1) biron davr yoki yoʻnalishga mansub sanʼatda qatʼiy oʻrnatilgan qoidalar majmui, meʼyor, badiiy asarda kompozitsiya va kolorit meʼyorini, shu turdagi tasvirlarda nisbatlar tizimi yoki ikonografiyasini belgilaydi. Shuningdek, namuna xizmatini bajaradigan asar ham K. deb ataladi; 2) (m u s i qa da) — baʼzi xalq, koʻproq esa kompozitorlik ijodiyotida imitatsiyaga asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli. Odatda, yetakchi ovozda bayon etilayotgan asosiy kuy (mavzu) boshqa ovozlarda uzluksiz takrorlanadi, taklid etiladi. K. turlari ovozlar soniga (ikki ovozli, uch ovozli va hokazo), ular orasidagi intervalta (oktava, kvinta va b.), taqlid qilinayotgan asosiy kuylar soniga (oddiy, qoʻshaloq), taqlid qilish shakliga (kamaytirilgan, orttirilgan) karab farqlanadi. Bular, aynik,sa, Yevropada polifoniya uslubi keng taraqqiyot topganida, avvalo, xor musiqasida, soʻng oʻzga turlarda odat tusini oldi. Oʻzbek musiqa merosining — katta ashula, lapar va aytishuvlar, dutor kuylarida K. elementlari uchraydi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |