Kontent qismiga oʻtish

Jonas Basanavičius

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jonas Basanavičius

Basanavičius 1905-yilda
Tavalludi 23-noyabr 1851-yil
Vafoti 16-fevral 1927-yil(1927-02-16)
(75 yoshda)
Vilnyus, Ikkinchi Polsha Respublikasi
Fuqaroligi
  • Rossiya Imperiyasi
  • Bolgariya Knyazligi
  • Ikkinchi Polsha Respublikasi[1]
Kasbi Fizik
Turmush oʻrtogʻi Gabriela Eleonora Mohl
Otasi Juras Basanavičius (1826—1879)
Onasi Marė Birštoniūtė (1826—1890)
Qarindoshlari Akasi Vincas Basanavičius
Imzosi

Jonas Basanavičius (polyakcha: Yan Basanowicz; 1851-yil 23-noyabr – 1927-yil 16-fevral) – Litva Milliy Tiklanishi faoli va tarafdori. U Litvani mustaqil davlatga aylantirishga qaratilgan har bir yirik tadbirda qatnashgan va koʻpincha qoʻshgan hissasi uchun „Xalq Patriarxi“ (litvacha: tautos patriarchas) norasmiy faxriy unvoniga ega.

Jonas Basanavičius 1851-yil 23-noyabrda Augustów gubernatorligidagi Ožkabalyai qishlogʻida (polyakcha: Oszkobole) litvalik fermerlar oilasida tugʻilgan.

Bolgariyadagi shifokorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1879-yil bahorida oʻqishni tugatgandan soʻng, Litvaga qaytib keldi va Ožkabaliai, Vilkaviškis va Aleksotas shaharlarida ishlagan. 1879-yil oktyabr oyida u oʻzining shaxsiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish umidida Moskvaga qaytib keladi. Bolgariya Knyazligining 8000 ga yaqin aholisi boʻlgan Lom Palanka shahridagi shifoxona boshligʻi boʻlish taklifini qabul qiladi.

1881-yil mart oyida Rossiya podshosi Aleksandr II oʻldirilgach, Bolgariya knyazi Aleksandr Battenberg liberal siyosatchilarga qarshi qatʼiy choralar koʻradi. Basanavičius quvgʻinlardan qoʻrqib 1882-yil may oyida Bolgariyani tark etadi. 1882-yil dekabrda Pragaga joylashadi. U yerda birinchi litva tilidagi „Ausra“ gazetasini nashr qilishni yoʻlga qoʻyadi. Birinchi soni 1883-yil mart oyida chop etilgan. Bu hodisa koʻpincha Litva milliy tiklanishining boshlanishi sifatida tilga olinadi. Basanavičius tahririyat siyosatini boshqargan. Yurgis Mikshas esa Sharqiy Prussiyadagi Ragnitda chop etish bilan shugʻullangan. Rossiya imperiyasida litva tilida nashr etish noqonuniy edi. Tez orada Basanavichus Aushra tahririyatini Jonas Šliupasga topshiradi. Uning noqonuniy nashrga aloqadorligi Basanavičiusning 1905-yilgacha Litvaga qaytishiga toʻsqinlik qilgan.

Basanavičius 1927-yil 5-fevralda oʻz uyida hushidan ketgan. U kasalxonaga borishdan bosh tortgan. Litva Sanitariya Yordam Jamiyati kasalxonasida unga qovuq va oʻpka infektsiyalari tashxisi qoʻyilgan. 1927-yil 16-fevralda Litva mustaqilligining 9-yilligi munosabati bilan u Litva ilmiy jamiyati masalalarini muhokama qiladi va mustaqillik bayramida qatnashish istagini bildiradi. U oʻsha kuni soat 18:50 da vafot etdi. Litva hukumati besh kunlik motam eʼlon qiladi va uning dafn marosimiga 12 kishilik delegatsiya yuboradi. U 21-fevral kuni Rasos qabristoniga dafn etilgan[2].

  1. Breslavskienė 2012.
  2. Šlapelytė-Sirutienė 1977.