Kontent qismiga oʻtish

IELTS 14: General Training with Answers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IELTS 14: General Training with Answers
Til inglizcha
Janr(lar)i test qoʻllanmasi
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot Kembrij universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 141
ISBN ISBN 9781108717793 (yumshoq muqovali)
ISBN 9781108681360 (elektron kitob bilan)
ISBN 9781108718608 (audio CD)
Avvalgisi IELTS 13: General Training with Answers
Keyingisi IELTS 15: General Training with Answers

„IELTS 14: General Training with Answers“ („IELTS 14: General Training. Javoblar bilan“), toʻliq nomi „IELTS 14: General Training with Answers with Audio“ („IELTS 14: General Training. Javoblar va audio bilan“) — IELTS testiga hozirlanish boʻyicha qoʻllanma. 2019-yil Kembrij universiteti nashriyotida „IELTS 14: Academic with Answers“ qoʻllanmasi bilan bir qatorda chop etilgan. Ushbu ikkala kitob „Cambridge IELTS“ qoʻllanmalari seriyasidagi 14-kitoblardir.

Qoʻllanmagaga General Training moduli boʻyicha 4 ta toʻliq mashq testi kiritilgan. Kitob „Official IELTS Practice Materials 1“ va „Official IELTS Practice Materials 2“ qoʻllanmalari bilan bir qatorda IELTS testini uyushtiruvchi University of Cambridge ESOL Examinations, British Council hamda IDP Education Australia tashkilotlari tomonidan hozirlangan sanoqli rasmiy test materiallari safiga kiradi.