Kontent qismiga oʻtish

Gyoygyol koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gyoygyol
ozarb. Göygöl
Panorama fotosu
Mamlakat Ozarbayjon
Tuman Gyoygyol tumani
Manzil Murovdagʻning shimoliy qiyaligi
Dengiz sathidan balandligi 1556 m
Oʻlchami 2,8 × 0,8 km
Maydoni 0,78 km2
Eng katta chuqurligi 96 m
Oʻrtacha chuqurligi 30 m
Quyiladigan daryo Yuqori Axsu
maydon plani

Gyoygyol (ozarb. Göygöl — koʻk koʻl) — koʻl Ozarbayjonning gʻarbiy qismida, Gyoygyol tumanining hududida, Murovadag tizmasining shimoliy qiyaligida, Kyapaz togʻ etagida, Axsu daryosi darasida joylashgan. Ozarbayjondagi eng yirik koʻllardan biri hisoblanadi[1]. Shamkirchay daryosi basseyniga tegishli. Koʻl maydoni 0,78 km²; janubdan shimolga uzunligi 2800 m, eng katta kengligi — 800 metrni tashkil qiladi. Oʻrtacha chuquqrlik — 30 m, maksimal chuqurligi esa 96 metr. Gyoygyol koʻlining shimoliy qirgʻogʻida kurort joylashgan. Koʻlga faqatgina bitta daryo - Yuqori Axsu quyiladi.

„Gyoygyol“ soʻzi ozarbayjon tilidan tarjima qilinganda „koʻk koʻl“ maʼnosini bildiradi [2].

Fizik — geografik xarakteristika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gyoygyol koʻli Shaxdag tizmasining shimoliy qiyaligida, uning suv boʻluvchi qirralaridan va Murovdag tizmasi kesishmasi yaqinida, Ginaldag togʻidan 3,6 metr gʻarbida (3373 m) joylashgan. U dengiz sathidan 2740 metr balandlikda joylashgan va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqga choʻzilgan va 900 metrda uzunligi 2,8 km. Uning yuza maydoni 0,78 km² atrofida. Koʻl suvi chuchuk va oqar[3]. Suv shimoli-gʻarbiy qismidan nomsiz irmoq orqali etagidan 85 km.dagi Shamkirchay daryosiga (Shamkirchay daryosi Kuru daryosiga etagidan 812 kilometrida tushadi va 95 km uzunlikka ega) oqadi[3]. Koʻlning eng katta chuqurligi 96 m.

Shakllanish tarixi [tahrir | viki-matnni tahrir qilish]

Koʻl 1139-yilning [4][5] 30-sentabrida Gyandji yaqinida sodir boʻlgan vayron qilgan yer silkinishi natijasida paydo boʻlgan, buning natijasida Kyapaz togʻ choʻqqisi Axsu daryosi darasiga tushadi. Tashkil topgan toʻsilgan suv Gyoygyol koʻli edi[2].

Koʻp sonli muallif tadqiqotlariga koʻra koʻl muzdan kelib chiqqan. Bu fikr Shamkirchay daryosi boshlarida kichik sirk va sigir koʻrinishidagi qadimgi muzlanishlarni topgan, K.N. Paffengolts va L.N. Leontyevlar tomonidan tasdiqlangan[3].

Koʻldagi gidrometeorologik kuzatuvlar faqatgina 1956-yil yanvar oyidan boshlandi. Suv sathining yillik tebranishi, koʻtarilishi aprelda boshlangan va eng koʻp qor erishi va maksimal yogʻingarchiliklari toʻgʻri keladigan iyun-iyulda eng yuqori choʻqqisiga yetadigan asosiy toʻlqin koʻrinishiga ega. Suvning birlamchi haroratini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, uning oʻrtacha kunlik koʻrsatgichi 19,7° ga yetgan (1-avgust 1957-yil). Oʻrtacha oylik haroratining maksimal belgisi avgustda kuzatiladi va 16,9° ga yetadi (avgust 1957-yil)[3].

Minerallashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deyarli barcha ionlarning keskin oshishi noyabrda, kamayishi esa — aprelda kuzatiladi. Koʻl suvi kam minerallangan (ion tarkibining qiymati 81,1 dan 341 mg/l gacha oʻzgaradi) va yaxshi ichimlik va sugʻorish hususiyatli gidrokarbonat — kalsiy guruhiga kiradi[3].

Koʻl taminoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻlning asosiy taʼminotlaridan biri atmosfera yogʻingarchiligi hisoblanadi, ularning miqdori oʻrtacha 650 mm gat eng, bu yiliga 455 000 m³ ga teng keladi. Sarf qismi bugʻlanish va koʻllardan oqishiga toʻgʻri keladi. Birinchisi, S.G.Rustamov xaritasiga koʻra, 300 mm yoki 210000 m³ ni tashkil qiladi. Yogʻingarchilik hajmidan bugʻlanish qiymatini ayirib tashlasak, yiliga 245 009 m³ suvga teng oqimga yoki 0,08 m³/soniyaga teng. Shuni taʼkidlash kerakki, balansning kirish qismi sezilarli darajadagi miqdorda kichik daryo va buloqlar hisobiga pasaygan, sarf qismi esa — koʻlning yer ostidan 550 metr pastda joylashgan Sevan koʻli basseyniga oqimi hisobiga ketadi[3].

Flora va Fauna

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻl hududida 423 turdagi daraxt va butalar, shuningdek, dorivor oʻzimliklar maʼlum. Ulardan 76 turi — daraxt va butalar, qolganlari esa oʻt qoplamlari. Koʻl qirgʻoqlaridan kiyik, bugʻu, ayiq, toʻngʻiz, togʻ echkisi, boʻri, tulki, chiyaboʻri, boʻrsiq, jayra, oʻrmon mushugi, silovsinlar yashaydi. Koʻlda shuningdek forel ham mavjud[5].

Xoʻjalikdagi ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

50 yillarning oxirida koʻl, qishloq xoʻjalik ekinlarini intensiv sugʻorish davrida Shamkirchay daryosini taʼminlab turuvchi qoʻshimcha manba boʻlgan[3].

Turistik resurslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon pochta markasi, 2004

Koʻl tabiat va hayvonot olami dahlsizligini taʼminlash maqsadida 1965-yilda Gyoygyol qoʻriqxonasida tashkil etilgan. Uzoq muddat davomida Gyoygyol milliy bogʻiga kirish man etilgan. Lekin, tez orada bu cheklovlar bekor qilinadi va barcha hohlovchilar bu hududga yana kela oladilar.

Ozarbayjon pochta markasi, 2004

Ozarbayjon rassomi Sattar Baxlulzade koʻlga ikkita rasmini bagʻishlagan: birinchisini 1964-yilda (qogʻoz, akvarel, 100 × 80), ikkinchisini — 1979-yilda (kanop, moy, 79 × 59)[6] chizgan. Ozarbayjon shoiri Suleyman Rustam Gyoygyol koʻliga "Sen barcha koʻllardan ham goʻzalsan… „ nomli sheʼr atagan[7]:

Sen barcha ko’llardan ham go’zalsan …

Sen barcha ko’llardan ham go’zalsan, senga ochiq oydin aytarman,
O’z chiroyingni bilmaysan Gyoygyol.
Atrofingdagi tog’lar – misli nikoh uzugi,
Undagi qimmatbaho tosh esa sensan - Gyoygyol,
bir vaqtlar chaqmoq ketidan chaqmoq,
fasli bahor tinmay yig’lardi,
Sen – misli ko’zimdagi tomchi yosh,
Gyoygyol cho’qqisidan tusharding.
Ustunlaring – tog’ qoyalari,
Tizmalaring senga ko’makdosh,
Kaspiy bilan misli og’a- ini
Ey Gyoygyol buncha ham o’xshash.
Tong saharlab bunch o’ylading?
Tarix senga kitob ham emas,
Qiyaliklarni yuvib artmasmiding,
bag’ringni keng ocharsan, Gyoygyol.
Sahiyligimni bilishing kerak,
yillar o’tib ham bo’lmasman ziqna.
barchasini berurman, xotirangda asragin demak
Mening orzularimni ham asra.
Meni qaridi deb o’ylama zinxor,
Vatanga muhabbat yuragimga yo’l
Seni ko’rsam hayolim darhol,
Gyandji mehrobidandursan ey Gyolgyol.

Suleyman Rustam

Shuningdek, qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

  • Gyoʻygyoʻl // Katta sovet ensiklopediyasi: [30 tomda] / bosh muharrir A. M. Proxorov — 3 nashr. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1969—1978.
  • X. D. Zamanov, I.A. Kotlyarskiy. Shamxorchay basseynida Gyoygyol koʻli haqida // Hisobotlar: jurnal. — Ozarbayjon SSR fanlar akademiyasi nashriyoti, 1959. — T. 15, № 1.
  1. Sh. F. Mextiyev, V. G. Zavriyev. Ozarbayjon — neft xazinasi— Aznefteizdat, 1954. — B. 28. — 130 b.
  2. 2,0 2,1 Oʻtish:1 2 Gyoʻygyoʻl // Katta sovet ensiklopediyasi : [ 30 t da.] / bosh muharrir. A. M. Proxorov. — 3 nashr. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1969—1978
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 X. D. Zamanov, I. A. Kotlyarskiy. Shamxorchay basseynida Gyoygyol koʻli haqida // Hisobotlar: jurnal. — Ozarbayjon SSR fanlar akademiyasi nashriyoti, 1959. — T. 15, № 1.
  4. Ozarbayjon Respublikasining Madaniyat va Turizm Vazirligi saytida Gyandja
  5. 5,0 5,1 Kyapaz tumanining maʼmuriyati rasmiy sayti (Archive.is saytida 2012-09-08 sanasida arxivlangan) (ozar.)
  6. Sattar Baxulzade. Bibliografiya / G.Safaraliyev tahririyati ostida — Ozarbayjon Milliy Kutubxonasi tipografiyasi, 2009. — B. 104, 117. (ozar.)
  7. Suleyman Rustam. Sen barcha koʻllardan ham goʻzalsan … (ozarbayjon tilidan Vladimir Kafarov tarjimasi). —“Zvezda" jurnali, № 1. — Badiiy adabiyot Davlat nashriyoti, 1976. — B. 191.