Kontent qismiga oʻtish

Guanchjou teleminorasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Guavanchjou teleminorasi
hit. 广州塔
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi  Xitoy
Shahar Guanchjou
Qurilishi boshlangan 2005-yil
Qurilishi tugagan 2009-yil
Balandligi
Balandligi 600m
Antenna / Shpil 600m
Tomi 459,2 m
Eng yuqori qavati 454 m
Texnik holati
Qavatlar soni 37 (2 ta yer osti qvat hisoga olinmagan)
Binoning ichki maydoni 114 054 kv.m.
Liftlar soni 6 ta
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Mark Hemel, Barbara Kuit, IBA korxonasi (Amsterdam)
Quruvchi Shanghai Construction Group
Guanchjou teleminorasi

Guanchjou teleminorasi (xitoycha: 广州塔 pinin-chànjàn ,inglizcha: Canton Tower) dunyodagi ikkinchi eng baland teleminora hisoblanadi. 2005-2009-yillarda ARUP tomonidan 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari uchun qurilgan. Teleminoraning balandligi 600 metrni tashkil qiladi. Balandligi 450 metrgacha boʻlgan minora giperboloidli toʻr qobigʻi va markaziy yadro kombinatsiyasi shaklida qurilgan. Guanchjou teleminorasining toʻr qobigʻining giperboloid dizayni rus muhandisi V.G. Shuxovning 1899-yildagi patentiga mos keladi[1].

Minoraning toʻr qobigʻi katta diametrli poʻlat quvurlardan yasalgan. Minora 160 metr balandlikdagi poʻlat shpil bilan tojlangan. Minora tele va radio signallarini uzatish, shuningdek, Guanchjou panoramasini koʻrish uchun moʻljallangan va kuniga 10 000 sayyohni qabul qilishga moʻljallangan.

Oynali kuzatuv maydonchalari 33, 116, 168 va 449 metr balandliklarda, ochiq kuzatuv platformasi esa 488 metr balandlikda joylashgan. Aylanadigan restoranlar 418 va 428 metrlarda, 407 metrda esa „VIP kafe“ joylashgan.

Minora qurilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „V. G. Shuxov (1853—1939). Iskusstvo konstruksii.“ (Wayback Machine saytida 2007-02-12 sanasida arxivlangan), Rayner Grefe, (Wayback Machine saytida 2007-11-22 sanasida arxivlangan) Ottmar Perchi, F. V. Shuxov, M. M. Gappoev i dr., str. 78-103, 177, „Mir“, Moskva, 1994, ISBN 5-03-002917-6.