Getting into Fingerstyle Guitar
Muallif(lar) | Jonathan Adams |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | musiqa |
Nashriyot | Mel Bay nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2002 |
Sahifalar soni | 96 |
„Getting into Fingerstyle Guitar“ (tarjimasi „Fingerstayl gitara chalishni boshlash“) — amerikalik gitarachi Jonathan Adams qalamiga mansub gitara chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma.[1] Ilk bor 2002-yil Mel Bay nashriyotida chop etilgan. 2011-hamda 2015-yillarda qayta nashr qilingan. Kitob ham oddiy kitob, ham elektron kitob oʻlaroq hamda hamroh audioyozuvlar bilan eʼlon qilingan. Asarda musiqa asarlari ham nota yozuvi, ham tabulatura shaklida keltirilgan.
Asar gitarani fingerstayl yoki klassik uslubda, yaʼni barmoqlar bilan chalishni noldan boshlayotganlar yoki ushbu uslubni yanada yaxshiroq oʻzlashtirishni xohlaydiganlar uchun moʻljallangan. Dastlabki boblarda ayrim asosiy metodlar, yaxshi odatlarni rivojlantirish va yomon odatlardan qochish haqida soʻz yuritiladi. Keyingi boblarda klassik va fingerstayl uslubidagi anʼanalardan olingan baʼzi bir muhim repertuarlarga eʼtibor qaratilgan. Ushbu boblar kitobning ilk yarmida berilgan uslublarni oʻzlashtirishga koʻmaklashadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ovoz terapisti – Jonathan Adams“ (inglizcha). Mayuri. 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Getting into Fingerstyle Guitar“ Mel Bay saytida (ingl.)
- „Getting into Fingerstyle Guitar“ Google Books saytida (ingl.)