Kontent qismiga oʻtish

Garnierit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Garnierit
Asosiy
Formulasi Ni4[Si4O10][OH]¬44H2O
IMA tizimi boʻyicha
Sinfi sludalar
Guruh galluazit
Fizik xususiyatlari
Rangi havorang- yashil, kamdan-kam koʻkimtir — yashil
Yaltiroqlik xira, baʼzan mumdek, yogʻlangandek
Shaffoflik shaffof
Qattiqlik 2-2,5
Sinishi tekis chigʻanoqsimon
Garnierit

Garnierit — sludalar sinfining galluazit guruhiga mansub mineral, nikel madani hisoblanadi. Mineral ilk marotaba Yangi Kaledoniya davlatining Numea shahri yaqinida topilgan.

Kimyoviy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineralning kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan boʻlib, quyidagi koʻrinishga ega: Ni4[Si4O10][OH]¬44H2O yoki Ni6[Si4O10][OH]8 4H2O. Uning sinonimi numeneit deyiladi. Tarkibida doimo NiO ga izomorf aralashma holida 15 % gacha miqdorda MgO boʻladi, bu ularning keng miqyosda aralashuvchanligidan darak beradi.

Fizik hususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singoniyasi nomaʼlum, gil va yashirin kristallangan agregatlar, kamdan-kam oqiq (quyulma) shakilda hamda tuproqsimon massalar holida yuzaga keladi. Rangi havorang- yashil, kamdan-kam koʻkimtir — yashil yoki toʻq maysa rang holda uchraydi. Yaltiroqligi xira, baʼzan mumdek, yogʻlangandek. Oʻrtacha nur sindirish koʻrsatkichi 1,566 dan 1,590 gacha oʻzgaradi. Qattiqligi 2-2,5 tirnoq bilan chizilmaydi, lekin silliqlanadi moʻrt. Sinishi tekis chigʻanoqsimon, solishtirma ogʻirligi 2,3-2,8.

Diagnostik belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineralning fizik hususiyatlari galluazitga oʻxshab ketadi. Nikelga boy hillarini tiniq maysa rangligidan oson ajratish mumkin. Och rangli hillarini esa faqat kimyoviy analiz yoki optik konstantlari yordami bilan aniqlay olamiz. Mineral dahandam alangasida erimaydi. Qaytaruvchi alangada qizdirilganda magnit tortadigan boʻlib qoladi. Suyultirilgan NCl da qizdirilsa eriydi.

Hosil boʻlishi va konlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu mineral nikelning boshqa silikatlari singari oʻta asos jinslarning (dunitlar, peridotitlar, serpintinitlarning) issiq tropik iqlim yoki subtropik iqlim sharoitlarida kuchli nurashi jarayonida yuzaga keladi. Serpintinitlarning nurash poʻstida mineral nikel miqdori kam boʻlgan magnezial gidrosilikatlarga qaraganda birmuncha yuqoriroq gorizontlarda uchraydi. Mineral kuchsiz ishqorli yoki neytral muhitda yuzaga keladi. Garnierit bilan doimo, tashqi kuchlar taʼsirida paydo boʻladigan darzliklarda tomirchalar shaklida joylashadigan kvarts minerali birga uchraydi. Bu mineral quruq havo sharoitida tarkibidagi suvning bir qismini yoʻqotishi sababli yorilib ketadi va tuproqsimon massaga aylanadi. Ushbu mineral Oʻrta ural konlarida galluazit-garnierit qatoriga kiradigan gilsimon maxsulotlar orasida uchraydi. Konda u serpentinit massivlari yaqinidagi ohaktoshlarda rivojlangan karst boʻshliqlarida toʻplanadi. Ushbu mineral Akkermanovkava viloyati Xalilovo tumanida serpentinitlarning nurash poʻstida hamda huddi shunday sharoitlarda Aktyubinsk viloyatining Kampirsoy tumanida ham bir muncha keng tarqalgan.

Amaliy ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garnierit boshqa nikel gidrosilikatlari bilan bir qatorda, muhim nikel manbai sifatida maʼdanlar tarkibiga kiradi. Sanoatdametallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel krtishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqsori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

  1. A. G. Betextin. Mineralogiya kursi "Oʻqituvchi: nashriyoti Toshkent-1969.
  2. Ziyayeva P.N MINERALOGIYA labaratoriya mashgʻulotlati uvhun oʻquv uslubiy qoʻllanma.