Garik Xarlamov
Garik Xarlamov | |
---|---|
Tavalludi |
Igor Yurievich Xarlamov 28-fevral 1981-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Kasbi | Aktyor, Teleboshlovchi, Komik, Qoʻshiqchi, Prodyuser, Shoumen, Youtuber |
Faoliyat yillari | 2004 – xozirgi vaqt |
Otasi | Yuriy Xarlamov |
Onasi | Natalya Igorevna |
Garik Xarlamov (haqiqiy ismi – Igor Yurievich Xarlamov 1981-yil 28-fevralda tavallud topgan) – rossiyalik komediant, teleboshlovchi, kino va televidenie aktyori, qoʻshiqchi. „Comedy Club“ televizion loyihasining sobiq ishtirokchisi va boshlovchisi, Moskvaning „MAMI“ va „Oltin yoshlar“ KVN jamoalari sobiq ishtirokchisi. Ilgari „Ofis“ realiti-shousi, „Tri obezyani“ dasturi, „Bulldog Show“ va „XB“ hajviy loyihalarining boshlovchisi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil 28-fevralda Moskvada tugʻilgan. Tugʻilgandagi ismi Andrey, lekin uch oyligida ismi vafot etgan bobosi xotirasiga Igorga oʻzgartirilgan[1]. Onasi – Natalya Igorevna.
Otasi Yuriy Xarlamov oʻgʻlini oʻzi bilan olib, AQShga joʻnab ketgan. 14 yoshli Xarlamov Chikagodagi Harendt maktabi va teatriga qabul qilindi. Xarlamovning ustozi esa amerikalik aktyor Billi Zeyn boʻlgan[1]. Xarlamov uyali telefon sotish va McDonald's restoranida kassir sifatida mehnat qilib pul ishlab topgan.
1999-yilda onasi egizak opa-singillar Yekaterina va Alinani dunyoga keltirgach, Xarlamov Moskvaga qaytib keldi. Amakivachchasi Ivan Ovsyannikov bilan metro vagonlarini aylanib gitara bilan qoʻshiq kuylardi.
2004-2005 yillarda Muz-TV telekanalida ishlagan va u yerda „Tri obezyani“ va „Naturalniy obmen“ dasturlarini olib bordi. 2005-yilda STS telekanalidagi „Vecher Subboti“ hajviy shousining aktyorlik truppasi aʼzosi edi. Keyinchalik 2005-yil 23-apreldan 2009-yil sentyabrgacha Timur Batrutdinov bilan duet ijro etib „Comedy Club“ hajviy shousining ishtirokchisi sifatida shuhrat qozondi va ushbu shouda 2023-yil may oyigacha ishladi. Shu bilan birga komediya va parodiya janrlarida „Samiy luchshiy film“, „Samiy luchshiy film 2“, „Samiy luchshiy film 3D“ kabi badiiy filmlarni yaratishda ishtirok etgan.
2010-yil 6-iyunda NTV telekanalida „Bulldog Show“ hajviy loyihasining premyerasi boʻlib oʻtdi. Dastur iyul oyida reytinglar pastligi va Xarlamov „Samiy luchshiy film 3D“ filmini suratga olish bilan band boʻlgani uchun efirdan olib tashlangan.
2012-yil 6-fevralda Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga nomzod va Bosh vazir Vladimir Putinning ishonchli vakili sifatida rasman roʻyxatga olindi.
2013-yil 19-aprelda TNT kanalida Garik Xarlamov va Timur Batrutdinov ishtirokidagi „XB“ hajviy shousi efirga uzatildi (1 mavsum, 19 qismdan iborat).
2018-yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishonchli vakili va uning nomzodini koʻrsatgan tashabbus guruhi aʼzosi edi.
2019-yilda qoʻshiqchi Glyukozaning „Tansovshitsa“ qoʻshigʻi uchun videoklipida rol oʻynagan.
2023-yilda Denis Doroxov va Azamat Musagaliev bilan birgalikda „VKontakte“ ijtimoiy tarmogʻida „Kstati“ koʻrsatuvining boshlovchilaridan biriga aylandi.
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning birinchi xotini Yuliya Xarlamova (Leshchenko); (nikoh 2010-yil 4-sentyabrdan 2013-yil martgacha davom etgan, ular 2012-yil oxirida ajrashishgan) – 1984-yilda tugʻilgan.
Ikkinchi xotini (2013 −2020) – Kristina Asmus (1988-yilda tugʻilgan)[2], rossiyalik aktrisa. Anastasiya Xarlamova ismli qizi bor (2014 yil 5 yanvarda tugʻilgan)[3].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003-yil – Sasha + Masha – lotto oʻyinining boshlovchisi
- 2004-yil – Podari mne schastye – Garik
- 2005-yil – Mening adolatli enam – Stas, sariq gazetaning jurnalisti („Quvnoq beva ayol“ 78-qism)
- 2006-yil – Bolshie devochki – teleboshlovchi (28-qism „Telemaniya“)
- 2007-yil – Shekspiru ne snilos – Egozey Fofanov
- 2007-yil – „Priklyuchenie Ivana Chonkina“ – Lyokha, ot minadigan yigit
- 2007-yil – Klub – Danila, Vik va Kostya oʻrtasidagi bahsda hakam.
- 2008-yil – Vmeste Schastlivi – Tosik Log (179-qism „Biz birga pishirmaymiz“)
- 2008-yil – Samiy luchshiy film – Vadik Volnov / Vadikning otasi / Viktoriya Vladimirovna
- 2009-yil – Artefakt – qasam ichish
- 2009-yil – Samiy luchshiy film 2 – dengizchi
- 2011-yil – Samiy luchshiy film 3-DE – Maksim Utyosov
- 2012-yil – Bolshoy smex! – matnni ekrandan tashqarida oʻqiydi
- 2012-yil – Yeralash – A. E. Calm, nevrolog (№ 266 „Uyqusizlik“)
- 2012-yil – S novim godom, Mami! – Gosha
- 2013-yil – Druzya druzey – Maks
- 2013-yil – XB – oʻzi
- 2014-yil – Univer – kamo
- 2014-yil – Mami 3 – Gosha
- 2014-yil – Vspomnit prosto – Pavel Nikolaevich Basov, rieltor
- 2015-yil – Stajyor – kamo
- 2016-yil – 30-chislo – Serjant Motorin
- 2017-yil – Prizrak operi (tugallanmagan) – Pasha „Veterok“
- 2018-yil – Yeralash – Kirill, Mashaning dadasi (№ 332 „Yangi yil moʻjizasi“)
- 2018-yil – Zomboyashik – sapyor № 2 / Perrot / Andrey Bolkonskiy
- 2019-yil – Eduard Suroviy – Eduard Harsh
- 2020-yil – Gussar – Grigoriy Savelyevich Rylskiy (Gussar) / Katyaning otasi
- 2020-yil – Zona komforta – Yaroslav Kostrov
- 2021-yil – Posledniy geroy – Kolobok (ovozi)
- 2021-yil – Soʻnggi qahramon 2 – Kolobok (ovozi)
- 2021-yil – Bender: Nachalo – Valiadis, Shantan kafesi egasi
- 2022-yil – Oknuti – murabbiy
- 2023-yil – O chem govoryat mujchini – kameo
Televideniyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2004-yilda Garik Martirosyan va Polina Sibagatullina bilan birgalikda „Ugaday melodiyu“ televizion oʻyinida
- 2007-yilda Nastya Kamenskix bilan birga „Dve zvezdi“ telekoʻrsatuvida
- 2010-yilda „Discovery Russia“ kanalida Timur Batrudinov bilan birgalikda „Birgalikda omon qolamiz“ dasturida
- 2011-yilda „Pust govoryat“ dasturida, „Afftar Jjot“ epizodida
- TNT kanalidagi „Improvizatsiya“, „Gde logika?“ va „Studio Soyuz“ shoularida ishtirok etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Гарик Харламов: биография, фильмы, ��ичная жизнь...“. 5-tv.ru. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ Rezident Comedy Club Garik Buldog Xarlamov rasstalsya so svoey suprugoy Yuley
- ↑ „Тег: Гарик Харламов стал отцом“ (ru-RU). Правда УрФО. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Garik Xarlamovning rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2023-06-11 sanasida arxivlangan)
- Данил Гусельников. „От "неудов" в школе до списка Forbes: Гарик Харламов отмечает день рождения“. Радио Sputnik (2022-yil 28-fevral). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.