Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar
Asl nomi | Рассказы о Феликсе Дзержинском |
---|---|
Muallif(lar) | Yuriy German |
Tarjimon(lar) | Xayrulla Ergashev |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikoyalar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1978 |
Sahifalar soni | 48 |
„Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar“ (ruscha: Рассказы о Феликсе Дзержинском) — rus yozuvchisi Yuriy German qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1947-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan.[1]
Hikoyalarda rus inqilobchisi va siyosatchisi Feliks Dzerjinskiyning hayoti va revolutsion faoliyati haqida hikoya qilinadi. Asarda sovet mafkurasiga mos ravishda Dzerjinskiy obrazi ideallashtirilgan.
Hikoyalarni Xayrulla Ergashev oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha toʻplamga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan.
Hikoyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Repetitor“
- „Boshmoqlar“
- „Hovli sayri“
- „Turmadagi qoʻzgʻolon“
- „Qochish“
- „Novominsk qissasi“
- „Anhor“
- „Bolalar“
- „Suratlar“
- „Poʻstin“
- „Tor koʻchada“
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarni oʻzbek tiliga 1955-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Xayrulla Ergashev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashrga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzoidov – muharrir, T. Shumskaya – rassom, A. Kiva – rasmlar muharriri, U. Kim – texnik muharrir, M. Abdusalomova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]