Kontent qismiga oʻtish

FIFA Jahon chempionati 2010

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2010 FIFA Jahon chempionati
FIFA Jahon chempionati 2010 Janubiy Afrika

FIFA Jahon chempionati 2010 logosi
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Janubiy Afrika Respublikasi
Sana 11-iyun – 11-iyul (31 kun)
Jamoalar 32 (6 ta konfederatsiyadan)
Bellashuv joylari 10 (9 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Ispaniya (1-marta)
2-oʻrin  Niderlandiya
3-oʻrin  Germaniya
4-oʻrin  Urugvay
Statistika
Oʻyinlar soni 64
Gollar soni 145 (har oʻyinda oʻrtacha 2.27 ta)
Muxlislar soni 3 178 856 (har oʻyinda oʻrtacha 49 670 ta)
Toʻpurar(lar)  URU Diego Forlán
 GER Thomas Müller
 NED Wesley Sneijder
 ESP David Villa
(5tadan gol)[1]
Eng yaxshi oʻyinchi  URU Diego Forlán[2]
Eng yaxshi yosh oʻyinchi  GER Thomas Müller[3]
Eng yaxshi darvozabon  ESP Iker Casillas[4]
2006
2014

Futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionati (inglizcha: 2010 FIFA World Cup) — Futbol boʻyicha oʻn toʻqqizinchi Jahon chempionati. Musobaqa 2010-yilning 11-iyunidan 11-iyuligacha Janubıy Afrıka Respublikasidada boʻlib oʻtgan. Musobaqa mezbonligi uchun faqat Afrika qitʼasida joylashgan davlatlar (Misr, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasi) daʼvogarlik qilgan. 2004-yilda jahon chempionati mezboni sifatida Janubiy Afrika Respublikasi tanlanganligi eʼlon qilingan[5]

Oʻyinlar JARning 9 ta shahrida joylashgan 9 ta shahridagi 10 ta stadionda oʻtkazilgan[6]. Ochilish va final oʻyinlari Janubiy Afrikaning eng yirik shahri Yoxannesburgdagi Soccer City stadionida oʻtkazilgan[7][8]. 2007-yil avgust oyida saralash bosqichi boshlangan. Saralash bosqichi yakuniga koʻra 32 ta jamoa tanlab olindi. Guruh bosqichida 53 ta terma jamoa 8 ta guruhga ajratildi. Har bir guruhdan 4 tadan terma jamoa oʻrin olgan. Guruhda 1- va 2-oʻrinni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichiga yoʻl olishgan.

Finalda Ispaniya Gollandiyani qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 1:0 hisobida mag‘lub etib, oʻz tarixida birinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ushbu gʻalaba sababli Ispaniya 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Mezbon mamlakat Janubiy Afrika, Italiya va Fransiya kabi terma jamoalar guruh bosqichidan soʻng musobaqani tark etishgan. Yangi Zelandiya uchta durang bilan turnirda mag'lub bo'lmagan yagona boʻlgan. Ammo ular ham pley-off bosqichiga chiqa olishmagan.

Chempionat mezbonini aniqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

JAR chempionat mezboni sifatida tanlab olingan[9]. 2010-yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun Afrikaning beshta davlati: Misr, Marokash, Janubiy Afrika va Liviya va Tunis birgalikda mezbonlik qilish taklifi bilan FIFAga murojaat qilgan.

FIFA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan birgalikda mezbonlik qilish haqidagi taklif rad etilganidan soʻng, Tunis daʼvogarlar safini tark etgan. Qo'mita, shuningdek, Liviyaning taklifini ham ko'rib chiqmaslikka qaror qilgan. Sabab sifatida liviyaning taklifi mezbonlik uchun qoʻyilgan minimal talablarni bajarmasligi koʻrsatilgan.

2004-yil 15-mayda Syurixda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida oʻsha paytdagi FIFA prezidenti Sepp Blatter mezbon mamlakat nomini eʼlon qilgan; ovoz berish jarayonida Janubiy Afrika 14, Marokash 10, Misr esa 0 ta ovoz toʻplagan. Natijada, Janubiy Afrikaga turnirga mezbonlik qilish huquqi berilgan[10]. Ushbu gʻoliblikdan soʻng, Prezident Nelson Mandela jahon kubogini boshi uzra baland koʻtargan[11][12].

2006 va 2007-yillar davomida turli axborot vositalarida 2010-yilgi jahon chempionati boshqa davlatga ko'chirilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan[13][14]. Franz Beckenbauer, Horst R. Schmidt vaFIFAning ba'zi rahbarlari Janubiy Afrikaning musobaqani tashkil etish va oʻtkazishga boʻlgan harakatidan (tayyorgarlik tempidan) havotirda ekanligini aytib oʻtishgan[13][15]. Shunga qaramsdan FIFA rasmiylari bir necha bor mezbon sifatida Janubiy Afrikaga ishonch bildirib, oldingi jahon chempionatlarida bo'lgani kabi musobaqani boshqa davlatga koʻchirish faqat tabiiy ofatlar sababligina amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidlashgan[16].

2015-yil 28-may kuni FIFAning shu yilgi korrupsiya ishini yoritgan ommaviy axborot vositalari tomonidan Janubiy Afrika Respublikasidagi amaldorlar FIFAning o‘sha paytdagi vitse-prezidenti Jack Warner va ijroiya qoʻmitasining boshqa aʼzolariga 10 million AQSh dollari miqdorida pora berib, jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan[17].

2015-yil 4-iyun kuni FIFA ijrochi direktori Chuck Blazer FQB va Shveysariya rasmiylari bilan hamkorlik qilib, oʻzi va FIFA ijroiya qoʻmitasining boshqa aʼzolari Janubiy Afrikaga 1998 va 2010-yilgi jahon chempionatlari mezbonligini berish uchun pora olinganini tasdiqlagan. Blazer: "Men va FIFA ijroiya qo'mitasi a'zolari 2010-yilgi jahon chempionatiga mezbon davlat sifatida Janubiy Afrikani tanlash evaziga pora olishga kelishib oldik" - deya taʼkidlagan[18][19].

2015-yil 6-iyun kuni The Daily Telegraph Marokash haqiqatan ham ovoz berishda g‘olib chiqqaniga qaramay turnir Janubiy Afrikaga topshirilganligini maʼlum qilgan[20].

1 2 3 4
  • Braziliya
  • Ispaniya
  • Niderlandlar
  • Italiya
  • Olmoniya
  • Angliya
  • Argentina
  • Janubiy Afrika
  • Avstraliya Hamjamiyati
  • Yaponiya
  • Janubiy Koreya
  • Shimoliy Koreya
  • Gonduras
  • Meksika
  • AQSh
  • Yangi Zelandiya
  • Jazoir
  • Kamerun
  • Fil Suyak Sohili
  • G`ana
  • Nigeriya
  • Chili
  • Paragvay
  • Urugvay
  • Daniya
  • Fransiya
  • Gretsiya
  • Portugal
  • Serbiya
  • Slovakia
  • Slovenia
  • Shvetsariya
  1. „Players - Top goals“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2012. (Wayback Machine saytida 2013-10-15 sanasida arxivlangan)
  2. „Adidas Golden Ball“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2012. (Wayback Machine saytida 2013-10-23 sanasida arxivlangan)
  3. „Hyundai Best Young Player“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2012. (Wayback Machine saytida 2013-10-22 sanasida arxivlangan)
  4. „Adidas Golden Glove“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2012. (Wayback Machine saytida 2013-10-17 sanasida arxivlangan)
  5. „South Africa Is Named Host of 2010 World Cup“. The New York Times (2018-yil 13-may). 2020-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
  6. „South Africa 2010 Stadiums“. Sa-venues.com. 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  7. Smith, David. „Nelson Mandela gives World Cup a dream finale with a wave and a smile“. The Guardian (2010-yil 11-iyul). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  8. „Soccer City Stadium, Johannesburg: World Cup 2010 stadium guide“. Daily Telegraph (2009-yil 19-noyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  9. „FIFA end World Cup Rotation“. Mail & Guardian Online (2007-yil 29-oktyabr). 2010-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyun.
  10. „Host nation of 2010 FIFA World Cup – South Africa“. FIFA (2004-yil 15-may). Qaraldi: 2006-yil 8-yanvar.
  11. "Nelson Mandela: How sport helped to transform a nation" Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  12. "Blatter presents Mandela with a special FIFA World Cup Trophy" Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  13. 13,0 13,1 Harding. „Doubt over South Africa 2010“. The Guardian (2006-yil 12-iyun). 2008-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 29-avgust.
  14. Craig, Jermaine. „Fifa denies SA may lose 2010 World Cup“. The Star (2006-yil 3-iyul). 2006-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 30-avgust.
  15. „Beckenbauer issues 2010 warning“. BBC Sport (2006-yil 20-sentyabr). 2018-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 19-oktyabr.
  16. Yoong, Sean. „FIFA says South Africa 'definitely' will host 2010 World Cup“. Associated Press (2007-yil 8-may). 2008-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  17. "South Africa is shaken by FIFA corruption probe", Los Angeles Times, 28 May 2015.
  18. Vicki Hodges, Giles Mole, JJ Bull, Luke Brown and Rob Crilly, "Fifa whistleblower Chuck Blazer – bribes accepted for 1998 and 2010 World Cups: as it happened", The Telegraph, 3 June 2015 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  19. Owen Gibson, Paul Lewis, "Fifa informant Chuck Blazer: I took bribes over 1998 and 2010 World Cups", The Guardian, 3 June 2015 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  20. „Fifa in crisis: 'Morocco won 2010 World Cup vote – not South Africa'“. The Telegraph (2015-yil 6-iyun). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.