Kontent qismiga oʻtish

Environment and Post-Soviet Transformation in Kazakhstan's Aral Sea Region

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Environment and Post-Soviet Transformation in Kazakhstan's Aral Sea Region: Sea Changes
Muallif(lar) William Wheeler
Til inglizcha
Janr(lar)i tarix
antropologiya
Nashr etilgan sanasi 2021
Nashriyot UCL Press
Sahifalar soni 264
ISBN ISBN 978-1-800-08035-5 (qattiq muqova)
ISBN 978-1-800-08033-1 (PDF)

Environment and Post-Soviet Transformation in Kazakhstan's Aral Sea Region: Sea Changes“ (tarjimasi „Qozogʻistonning Orolboʻyi mintaqasida atrof-muhit va postsovet transformatsiya: katta oʻzgarishlar“) — britaniyalik antropolog William Wheeler qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2021-yil UCL Pressda chop etilgan. Kitob Creative Commons litsenziyasi bilan yoyinlangan boʻlib, uning PDF versiyasini toʻlaligicha nashriyot saytidan koʻchirib olish mumkin. Kitobda Orol dengizidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar tahlili keltirilgan. Xususan, asarda Kichik Orol dengizida baliq ovlash bilan shugʻullanib kelayotgan qozogʻistonliklar hayoti etnografiyasi taqdim etilgan. Asar siyosiy ekologiya nuqtayi nazaridan yozilgan boʻlib, Wheeler tahlili asosida rus faylasufi Mixal Baxtin asarlari, xususan, xronotop tushunchasi yotadi.

Asar tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Duke universiteti xodimi Erika Weinthal kitobning asosiy auditoriyasi Markaziy Osiyoni oʻrganuvchilar boʻlsa-da, asar baliq sanoatiga qiziquvchilar uchun ham foydali ekanligini aytib, olqishladi[1]. Markaziy Osiyo va u yerdagi suv masalalari boʻyicha qator asarlar muallifi Jenniver Sehring ham asarni yuqori baholadi, ammo Anna Tsing ishlari bilan kengroq muloqot qilish kattaroq auditoriyada kitobga qiziqish uygʻotgan boʻlishini taʼkidladi[2].

  1. Weinthal, Erika (iyun 2023-yil). „Environment and Post-Soviet Transformation in Kazakhstan's Aral Sea Region. By William Wheeler. London: UCL Press, 2021. xii, 262 pp. Appendix. Notes. Bibliography. Index. Illustrations. Photographs. Tables. Maps. $25.00, paper“. Slavic Review (inglizcha). 82-jild, № 2. 551–552-bet. doi:10.1017/slr.2023.221.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Sehring, Jenniver „Review of “Environment and Post-Soviet Transformation in Kazakhstan’s Aral Sea Region: Sea changes, UCL Press, by William Wheeler“ (inglizcha). Water Alternatives (2023). Qaraldi: 20-avgust 2024-yil.