Kontent qismiga oʻtish

Emba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emba
Tavsif
Uzunligi 712
Suv sarfi 17,5 m³/s
Davlat Qozogʻiston
Emba


Emba (qozoqcha: Жем) — Qozogʻistonning Oqtoʻba va Aterov viloyatlaridagi daryo. Mugojar togʻlaridan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Uzunligi 712 km, qavzayeining maydoni 40,4 ming km². E., asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Mart oxiri — aprel boshlarida sersuv, boshqa vaqtlarda esa suvi juda kamayib ketadi. Faqat kuzgi yomgʻirlar vaqtida bir oz suvi koʻpayishi mumkin. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Oroltoʻbe ovuli yonida) 17,5 m³/sek. Suv ozligidan ayrim qurgʻoqchil yillarda E.ning etak qismi qurib qoladi. E. noyabr oxiridan mart oxirlarigacha muzlab yotadi.