Kontent qismiga oʻtish

Diploid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diploid (diploos — ikkilangan va eidos — koʻrinish) — ikkita gomologik xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar. "Diploid" termini 1905-yilda nemis botanigi Eduard Strasburger (nemischa: Eduard Adolf Strasburger ) tomonidan taklif etilgan. Diploid ikkita gaploid gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar va yuksak oʻsimliklarda Diploid hayotiy siklning asosiy fazasi (diplofaza, sporofit) hisoblansa, baʼzi bir hujayralilarda faqat zigota diploid boʻladi. Diploidlik evolyusion jarayonda gaploid organizmlar asosida paydo boʻlgan va gaploidlarga nisbatan bir qator ustunlikka ega boʻlgani tufayli saqlanib qolganligi taxmin qilinadi. Diploidda va retsessiv mutatsiyalar geterozigota holatida namoyon boʻla olmaganligi sababli populyasiyalarda yashirin holatda sakdanib qoladi. Shu tufayli genotipik oʻzgaruvchanlik toʻplanib boradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil