Dilshod Eshmurodov
Dilshod Elmurodovich Eshmurodov | |
---|---|
Tavalludi |
6-avgust 1969-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | texnika |
Taʼlimi | Toshkent davlat texnika universiteti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Dilshod Elmurodovich Eshmuradov (1969-yil 6-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dilshod Eshmuradov 1969-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug’ilgan. 1992-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini radiolektron vositalarni tuzish va texnologiyasi mutaxassisligi tamomlagan[1]. 1994—1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimi, 1999-2012-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Axborot texnologiyalari markazi direktori, dekan oʻrinbosari, 2012—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universitetida kafedra mudiri, aviatsiya fakulteti dekani, 2015—2019-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti prorektori sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan Toshkent davlat texnika universiteti metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi dotsenti[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, uch nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]100 ga yaqin ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 4 ta o‘quv qoʻllanma muallifi[1].