Diamonds Are Forever
Yashasin Olmoslar Diamonds Are Forever | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Guy Hamilton |
Prodyuser(lar) | Albert Broccoli |
Rollarda |
Sean Connery Gill Saint-John Charles Gray Bruce Glover Putter Smith Bernard Lee |
Bastakor(lar) | Don Black |
Distribyutor | United Artists |
Chiqarilgan sanasi | 1971 |
Davomiyligi | 120 min. |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Byudjeti | 7 200 000 $ |
Daromadi | 115 000 000 $ |
Avvalgi film | Hazrati Oliyalarining maxfiy xizmatida |
Keyingi film | Yashayver |
Diamonds are forever (tarjimasi: Olmoslar abadiydir) – Ian Fleming qalamiga mansub shu nomli asar asosida suratga olingan, Buyuk Britaniyalik josus James Bond haqidagi filmlarning yettinchisi. Bosh rolni aktyor Sean Connery ijro etgan[1][2].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film muqaddimasida xotinining oʻlimi uchun qasos olmoqchi boʻlgan James Bond SPECTRE terror tashkiloti rahbari Ernst Stavro Blofeldni qidiradi. Blofeldning laboratoriyalaridan biriga boradi. Bond Blofeldning barcha odamlarini oʻldirib, Blofeldning oʻzini qaynab turgan suyuqlik aralashmasiga tashlab yuboradi. Biroq, keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bu haqiqiy Blofeldning nusxasi boʻladi. Laboratoriya odamlarning tashqi qiyofasini Blofeldga oʻxshatish uchun oʻzgartirish va shu bilan razvedka xizmatlarining rejalarini sezilarli darajada murakkablashtirish uchun moʻljallangan edi.
M Bondga Janubiy Afrika olmoslari ulkan joʻnatmasining oʻgʻirlanishini tekshirish vazifasini beradi. Bu voqea agent 007ni Amsterdamga olib keladi. Bond Tiffani Case ismli qiz bilan uchrashadi. Ular AQShga borishadi, ularga Markaziy razvedka boshqarmasi agenti va Bondning doʻsti Feliks Leiter yordam beradi. James olmoslarning oʻgʻirlanishi ortida ham, mashhur olim Willard Whitening kosmik lazerini egallab olinishida ham Blofeldning oʻzi turganini bilib oladi. Blofeld olmoslar yordamida oʻz kuchini oshirmoqchi va tovon puli talab qilib, dunyodagi barcha yadroviy kallaklarni portlatmoqchi boʻladi.
Bond Blofeldning yana bir nusxasini topadi va uni darhol oʻldiradi. Ammo haqiqiy Blofeld yana tirik qoladi. Bond Blofeldning kemasiga kirib boradi va uning rejalarini buzadi. Ammo bu safar ham Blofeld qochishga muvaffaq boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Гонорары исполнителей роли Бонда“.
- ↑ Слухи о Шоне Коннери, 15-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-noyabr 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()