Kontent qismiga oʻtish

Deadpool & Wolverine

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deadpool & Wolverine

Film posteri
Rejissyor(lar) Shawn Levy
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Rollarda
Bastakor(lar) Rob Simonsen
Kinematografiya George Richmond
Muharrir(lar) Shane Reid
Studiya(lar)
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 26-iyul, 2024-yil(2024-07-26)
Davomiyligi 128 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million[2]
Daromadi $1.145 milliard[3][4]

"Deadpool & Wolverine" — bu 2024-yilda Marvel Comics asosidagi, Deadpool va Wolverine qahramonlarini o'z ichiga olgan Amerika filmi. Marvel Studios, Maximum Effort va 21 Laps Entertainment tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan taqdim etilgan ushbu film Marvel Kino Olamining (MCU) 34-filmidir. Film Deadpool (2016) va Deadpool 2 (2018) filmlarining davomi hisoblanadi. Film rejissori Shawn Levy bo‘lib, u ssenariyni Ryan Reynolds, Rhett Reese, Paul Wernick va Zeb Wells bilan birgalikda yozgan. Filmda Reynolds Wade Wilson/Deadpool va Hugh Jackman Logan / Wolverine rollarini ijro etishgan. Filmda Emma Corrin, Morena Baccarin, Rob Delaney, Leslie Uggams, Aaron Stanford va Matthew Macfadyen kabi aktyorlar ham ishtirok etishgan. Filmda Deadpool Time Variance Authority uning olamini yo‘q qilishga tayyorlanayotganini payqab qoladi hamda boshqa olamdan kelgan Wolverine bilan birgalikda ularni to‘xtatishga harakat qiladi.

"Deadpool" filmining uchinchi qismi ustida ish boshlash 2016-yil noyabr oyida 20th Century Fox studiyasida boshlangan. Biroq, 2019-yil mart oyida Disney studiyani sotib olganidan keyin to'xtatilgan. Foxning "X-Men" film seriyasini nazorati Marvel Studiosga o'tkazilgan va ular Reynolds bilan birgalikda yangi filmni ishlab chiqishni boshlashgan. Bu filmda Deadpool MCU (Marvel Kino Olami) bilan birlashtirilgan va avvalgi "Deadpool" filmlarining R reytingini saqlab qolgan. Bu esa Marvel Kino Olami uchun ilk R ratingdagi film hisoblanadi. 2020-yilning noyabrida Wendy Molyneux va Lizzie Molyneux-Logelin filmning ssenariy muallifligiga chaqirilgan. Levy rejissor sifatida chaqirilganidan so’ng, 2022-yil mart oyida avvalgi filmlarga ssenarislik qilgan Reese va Wernick ham film trilogiyasining uchinchi qismiga ssenariy yozish uchun yollangan. 2022-yil avgust oyida Jackman X-Men filmlaridagi Wolverine ro’liga qaytishga rozi bo’lgun. Unga qadar ssenaristlar, Reynolds va Wells bilan birga, filmning ssenariysini yozishda qiyinchilikka duch kelishgan. Film multiolamlar hikoyasi bir qismi bo'lgani uchun "X-Men" filmlaridan hamda Marvelning boshqa filmlaridan bir necha aktyorlar ham rol ijro etishgan. Suratga olish ishlari 2023-yil may oyida Angliyadagi Pinewood Studiosda boshlangan hamda Norfolk, Los-Anjeles va Bovingdon Film Studiosda davom ettiriligan. Ishlab chiqarish 2023-yil iyulida SAG-AFTRA ish tashlovi tufayli to‘xtatilgan. Ammo noyabr oyida qayta boshlanib, 2024-yil yanvar oyida yakunlangan. Filmning nomi bir oy o’tib 2024-yil fevralida oshkor etilgan.

"Deadpool & Wolverine" filmi 2024-yil 22-iyulda Nyu-York shahridagi David H. Koch Teatrida premyera qilingan. 26-iyulda AQShda MCUning Phase Five filmlari doirasida namoyish etilgan. Film butun dunyo bo'ylab 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. "Joker" (2019) filmidan keyin 1 milliard dollar daromad qilgan ikkinchi R reytingli film bo'lib, 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro’yhatida ham ikkinchi o’rinni egallagan.

10005-yerdagi tezda qayta tiklanish qobiliyatiga ega hushchaqchaq personaj. Deadpool regenerativ mutatsiya orqali saratonni davolash jarayonida tanasida jiddiy chandiqlar hosil bo’lgan[5]. Film boshida sevgilisi Vanessa bilan hayot yo’llari uzilgandan so’ng, u Deadpool bo’lishdan voz kechadi. Wade ofisda avval haydalgan avtomobillar sotuvchisi sifatida faoliyat olib boradi[6]. Ssenariy muallifi Rhett Reese Deadpoolni o’z olamidan ajralib qolgan baliqqa qiyoslaydi[7]. Reynolds Deadpoolning ishonchsiz hikoyalari hamda to’rtinchi devorni buzib muhlislar bilan muloqotga kirishganligi sabab muhlislar uni jiddiy qahramon sifatida qabul qilishlarini istamaydi. Ammo uning boshqa superqahramonlarga bo’lgan munosabati sabab muhlislar qalbida ham iliqlik paydo qilishni istashini ta’kidlagan[8] . Deadpool filmida ochilish sahnasi “Dancepool” deb nomlanib, ushbu raqs Nick Pauley tomonidan ijro etilgan[9][10]. Filmda Reynolds Deadpoolning hech qanday chandiqlari va qayta tiklanish qobiliyatiga ega bo’lmagan Nicepool variantini ham gavdalantirgan[11][12].

Wolverine Sobiq X-Men a'zosi hamda tezda qayta tiklanish qobiliyatiga ega mutant. Undan tashqari Wolverine tanasi ichidan chiqadigan tirnoqlarga hamda adamantiy metali bilan qoplangan skeletga ega[13]. Bu Wolverine o’zga olamdan kelgan bo'lib, u o’z olami aholisini himoya qilolmay ularni g’azabiga uchragan[6][14]. Bu film Jackmanga 20th Century Fox’ning X-Men film seriyasidagi rollaridan farqli ravishda qahramonning yangi jihatlarini namoyon etishga imkon bergan[8][15]. Rolga tayyorgarlik ko‘rish uchun Jackman kuniga 8 000 kaloriya oladigan mashq dasturini boshlagan[16]. Jackman, shuningdek, filmda qahramonning komiksdagi 5 fut 3 dyum (160 sm) bo‘yiga mos keladigan bir variantini, qahramonning bir ko’zsiz hamda oq smoking kiygan qimorboz Patch variantini, Keksa Logan hamda qahramonning “Incredible Hulk” komikslaridagi birinchi paydo bo'lishida Hulk bilan jang qilgan variantlarini ijro etgan[17].

Cassandra Nova Charles Xavierning telekinetik va telepatik kuchlarga ega bo'lgan egizak singlisi[18][19]. Corrin avvallari yovuz rollarni ijro etmagani sabab filmda yovuz odam rolini gavdalantirishda biroz qiyinchiliklarga duch kelgan. Corrin, Christoph Waltzning Inglourious Basterds (2009) filmidagi Hans Landa obrazidan ilhom olgan. Reynolds esa Casandra obrazining xavfliligi va ayyorliklarini aktyor Gene Wilder rollaridan ilhomlanish kerakligini ta’kidlagan[20]. Reynolds va Levy Corringa Cassandra roli qolganlar uchun yaxshi do’st bo’lib ko’rinib ularni osonlik bilan gumdon qila oladigan obraz sifatida gavdalantirishi kerakligini tushuntirdilar[6]. Corrin rolga tayyorlanish jarayonida jismoniy transformatsiya qilishni ham xohlagan edi, biroq studiya bu obraz uchun unchalik ham muhim emasligini aytib, e’tiborni ijroga qaratishni so’ragan[21].

Wadening sobiq mashuqasi[6][19].

Wadening eski mashinalar savdosi ofisidagi hamkasbi hamda Wadening X-Force jamoasi a’zosi[11][19].

Wadening ko’zi ojiz bo’lgan qariya xonadoshi[22].

  • Aaron Stanford – Jon Allerdyce / Pyro rolida:

Pyro Voidda Cassandraga hizmat qiladigan mutant[18][23]. U "X2" (2003) va "X-Men: The Last Stand" (2006) filmlaridagidan farqli ravishni kostyumi ko’proq komiksdagi kostyumga o’xshaydi[6].

U Time Variance Authority (TVA) agenti bo'lib, "Time Ripper" mashinasi yordamida 10005-yerning yo’q qilinishini tezlashtirish bo'yicha ruxsat etilmagan loyihani boshqaradi. Paradox TVA ga o’zini rahbar bo’la olishini ko’rsatishga harakat qiladi.[11]

Deadpool va Wolverine filmiga Deadpoolning avvalgi qismlarida ijro etgan ba’zi aktyorlar bu filmda ham ko’rinish beradi. Jumladan Karan Soni taksi haydovchisi va Wadening muxlisi Dopinder roliga[22], Brianna Hildebrand X-Menning atom bombasi kabi portlashlarni amalga oshira olish qobiliyatiga ega o'smir a'zosi Negasonic Teenage Warhead roliga[24], Shioli Kutsuna Negasonic esa Teenage Warheadning sevgilisi va X-Men a'zosi Yukio roliga qaytishgan[24]. Undan tashqari Lewis Tan X-Force a'zosi Rusty/Shatterstar roliga qaytgan[18]. Undan tashqari Marvelling avvalgi filmlarida rol ijro etgan Tyler Mane Victor Creed (Sabretooth) roliga[25][26], Aaron W. Reed Cain Marko (Juggernaut) roliga hamda Mike Waters  Frederick Dukes (Blob) rollariga qaytishgan[9][27]. Qoʻshimchasiga, Eduardo Gago Munoz Azazel roliga, Jade Lye Lady Deathstrike roliga, Ayesha Hussain Psylocke roliga[9] , Daniel Medina Ramos Toad roliga[9][28], Curtis Small Bullseye roliga[28], Chloe Kibble Callisto roliga hamda Nilly Cetin Quill rollariga chaqirilgan[29][30][31][26].

  1. „Deadpool & Wolverine (2024)“. Irish Film Classification Office (2024-yil 9-iyul). 2024-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  2. Rubin, Rebecca „Box Office: 'Deadpool & Wolverine' Poised to Shatter R-Rated Record With $170 Million-Plus Debut“. Variety (2024-yil 23-iyul). 2024-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  3. Deadpool & Wolverine. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.|id= parametriga qiymat berilishi lozim
  4. Deadpool & Wolverine. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  5. Kroll, Justin „'Deadpool 3': Marvel Studios And Ryan Reynolds Tap The Molyneux Sisters To Pen The Sequel“. Deadline Hollywood (2020-yil 20-noyabr). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Romano, Nick (July 2, 2024). „How the cameo-stacked Deadpool & Wolverine carves out a new future for Marvel's mutants“. Entertainment Weekly. July 2, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 2, 2024.
  7. Outlaw, Kofi „Deadpool 3 Writer Teases First Story Details About Deadpool's MCU Arrival“. ComicBook.com (2022-yil 22-iyun). 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
  8. 8,0 8,1 Breznican, Anthony „Deadpool & Wolverine: Inside the Superhero Movie That Plays Rough“. Vanity Fair (2024-yil 24-iyun). 2024-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyun.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Zalben, Alex „Deadpool & Wolverine: Every Easter Egg, Cameo and Marvel Reference (That We Spotted)“. IGN (2024-yil 3-avgust). 2024-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  10. „Let's Explain As Many Deadpool Variants As We Can From Deadpool & Wolverine“. /Film (2024-yil 25-iyul). 2024-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  11. 11,0 11,1 11,2 Purslow, Matt „Deadpool & Wolverine: 30 Spoiler-Filled Details From the First 35 Minutes“. IGN (2024-yil 12-iyul). 2024-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  12. Salmon, Will „All the Deadpool variants in Deadpool and Wolverine“. GamesRadar+ (2024-yil 25-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
  13. D'Alessandro, Anthony „Hugh Jackman Returning As Wolverine In 'Deadpool 3', Pic Sets Fall 2024 Release“. Deadline Hollywood (2022-yil 27-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
  14. Glazebrooke, Lewis „Deadpool & Wolverine Trailer Breakdown: All 10 Biggest Reveals“. Screen Rant (2024-yil 22-aprel). 2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  15. Richards, Olly „Deadpool & Wolverine Review“. Empire (2024-yil 23-iyul). 2024-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  16. Ford, Lucy; King, Jack (March 7, 2023). „Hugh Jackman is eating 8000-calories-a-day to get in Wolverine shape for Deadpool 3“. British GQ. May 22, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 30, 2023.
  17. Bryant, Jacob „All the Wolverine Variants in 'Deadpool & Wolverine,' Explained“. TheWrap (2024-yil 30-iyul). 2024-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  18. 18,0 18,1 18,2 Romano, Nick (May 7, 2024). „Deadpool and Wolverine 'changed radically' once Hugh Jackman came aboard“. Entertainment Weekly. May 7, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 7, 2024.
  19. 19,0 19,1 19,2 Ryan Reynolds and Hugh Jackman Recap 'Deadpool' 1 & 2. Entertainment Weekly.
  20. King, Ella (May 22, 2024). „Emma Corrin Is in a League of Their Own“. Harper's Bazaar. May 22, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 24, 2024.
  21. Sharf, Zack „Emma Corrin Asked for a 'Deadpool 3' Trainer to 'Undergo a Huge Transformation,' but the Studio Said No and 'That's Absolutely Not Required of You'“. Variety (2024-yil 3-iyul). 2024-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  22. 22,0 22,1 Kroll, Justin „Karan Soni And Leslie Uggams Returning For Next 'Deadpool' Installment“. Deadline Hollywood (2023-yil 29-mart). 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  23. Goslin, Austen „Deadpool and Wolverine's first trailer has a lot more Loki in it than you'd expect“. Polygon (2024-yil 11-fevral). 2024-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
  24. 24,0 24,1 Grobar, Matt „'Deadpool 3': Brianna Hildebrand & Shioli Kutsuna Set To Return For Marvel Threequel“. Deadline Hollywood (2023-yil 18-may). 2023-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  25. Burlingame, Russ „New Deadpool & Wolverine Trailer Reveals Sabretooth First Look“. ComicBook.com (2024-yil 28-iyun). 2024-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
  26. 26,0 26,1 Roman, Nick (July 19, 2024). „X-23 returns! Dafne Keen talks Deadpool & Wolverine cameo and reuniting with Hugh Jackman (exclusive)“. Entertainment Weekly. July 19, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 19, 2024.
  27. Young, Bryan „The Biggest And Best Cameos In Deadpool & Wolverine, Ranked“. /Film (2024-yil 25-iyul). 2024-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  28. 28,0 28,1 Barnhardt, Adam „Deadpool & Wolverine Dropped a Daredevil Easter Egg Everyone Missed“. ComicBook.com (2024-yil 4-avgust). 2024-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  29. Chang, Tom „X-Men: The Last Stand Star Eric Dane Wants Multiple Man Solo Film“. Bleeding Cool (2024-yil 12-avgust). 2024-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  30. „Estos fueron todos los cameos y regresos en Deadpool y Wolverine: son más de 20“. Rating Cero (2024-yil 1-avgust). 2024-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  31. Stephan, Katcy; Moreau, Jordan „45 'Deadpool & Wolverine' Cameos and Easter Eggs From the X-Men, MCU and Beyond“. Variety (2024-yil 26-iyul). 2024-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.