Kontent qismiga oʻtish

Darik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darik — qad. Eron oltin tangasi. D.ning paydo boʻlishini axomaniylar podshosi Doro I (mil. av. 522—486) nomi bilan bogʻlaydilar. Bir D. (ogʻirligi 8,4 g) 5,6 g ogʻirlikdagi 20 ta kumush tanga qiymatiga teng boʻlgan. Doro III Kodoman davrida (mil. av. 336—330) ikki hissa ogʻirlikdagi D.lar (16 g) chiqarilgan. D.larga keng bichimli sharq kiyimi va kungurali toj kiygan, kamon va nayza ushlab turgan jangchining tasviri tushirilgan. Bunday tangalarning mamlakatimiz hududidan topilishi Oʻrta Osiyo bilan Eron oʻrtasida qadimdan savdo aloqalari mavjudligini koʻrsatadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil