Kontent qismiga oʻtish

Danielius Alseika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Danielius Alseika
Tavalludi 29-yanvar 1881-yil
Bružai [lt], Rossiya Imperiyasi
Vafoti 9-may 1936-yil(1936-05-09)
(55 yoshda)
Vilnius, Ikkinchi Polsha Respublikasi
Kasbi Fizik
Taʼlimi Varshava universiteti
Tartu universiteti
Turmush oʻrtogʻi Veronika Alseikienė

Danielius Alseika (polyakcha: Daniel Olsejko; 1881-yil – 1936-yil) — litvalik shifokor va jamoat faoli. U arxeolog Marija Gimbutasning otasidir.

Alseika rafiqasi Veronika bilan (1915)

Alseika hozirgi Litvaning shimolida joylashgan Skuodas yaqinidagi Bružai shahrida tugʻilgan[1] . U besh aka-ukaning eng kichigidir. Ulardan biri katolik ruhoniysi Albinas Alseika edi. Uning yagona singlisi yosh vafot etgan[2]. Skuodasdagi boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng, u Mitau gimnaziyasiga oʻqishga kirgan. U yerda boʻlajak yozuvchi Jonas Biliūnas boshchiligidagi litvalik talabalarning maxfiy guruhining aʼzosiga aylangan. Alseika Litvada taqiqlangan nashrlarning kontrabandasiga aralashadi[2]. Shuningdek, u Litvaning Ūkininkas va Varpas kundalik nashrlariga maqolalar yozgan. Litva tarafdori boʻlgan bunday harakatlar tufayli Alseika gimnaziyadan haydalgan, ammo 1903-yilda Marijampolė gimnaziyasida oʻqishni tugatishga muvaffaq boʻladi[2].

1903-yilda u Varshava universitetining muhandislik fakultetiga oʻqishga kirgan[2]. 1905-yildagi talabalar ish tashlashida qatnashgani uchun haydalgan. 1905-yilgi rus inqilobi paytida u Vilnyus, Trakay, Shvenchionis yaqinlarida dehqonlar va ishchilar oʻrtasida norozilik namoyishlari uyushtirgan va ularni chor amaldorlariga ish tashlash va qarshilik koʻrsatish uchun qoʻzgʻatgan[2]. Vilnyusdagi Buyuk Seymada qatnashgan va Dehqonlar ittifoqining asoschilaridan biri boʻlgan[1] .

Keyin u Dorpat universitetining tibbiyot fakultetida oʻqishni davom ettirgan. Universitetdalik vaqtida Litva talabalari jamiyatiga rahbarlik qilgan[2]. Shuningdek Litva davriy nashrlarida, jumladan, Lietuvos ūkininkas, Vilniaus žinios, Lietuvos žinios kabi gazetalarda uning maqolalari bosilib chiqqan. U otorinolaringologiya (quloq, burun va tomoq) ixtisosligi boʻyicha oʻqishni tugatgan va Ukmergėga ishlash uchun koʻchib oʻtgan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910-yilda Alseika oftalmologiya (koʻzlar) boʻyicha ixtisoslashgan shifokor Veronika Janulaytė bilan turmush quradi[2]. Ularning ikki farzandi bor: oʻgʻli Vitautas Kazimieras Alseika (1912–2002) va qizi Mariya Gimbutas (1921–1994). Er-xotin 1931-yilda ajrashadi va bolalari Litva universitetida oʻqishlari uchun Veronika Kaunasga koʻchib oʻtadi[3].

  1. 1,0 1,1 Alseika, Vytautas (12 May 2021). "Danielius Alseika" (lt). Visuotinė lietuvių enciklopedija. Mokslo ir enciklopedijų leidybos centras. https://www.vle.lt/straipsnis/danielius-alseika/. <!--->
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Lapinskas, Vincas (September 2006). "125 metai nuo gydytojo rentgenologo Danieliaus Alseikos gimimo" (lt). Sveikatos Mokslai 5: 480–483. ISSN 1392-6373. Archived from the original on 2022-10-16. https://web.archive.org/web/20221016175721/http://www.elibrary.lt/resursai/Ziniasklaida/SAM/Sveikatos%20mokslai/sm_2006_5.pdf#page=83. Qaraldi: 2024-05-31. Danielius Alseika]]
  3. „Marijos Gimbutienės tėvas Danielius Alseika“ (lt). Žemaitija. Regionų kultūrinių iniciatyvų centras (2014-yil 1-sentyabr). 2020-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.