Kontent qismiga oʻtish

Berill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berill — halqasimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi AI2Be3(Si60ll(). Kristachlari olti qirrali prizmalar shaklida. Shishasimon yaltiroq. Rangi yashil, sargʻishoq kulrang. Qattiqligi 7,5—8; sof ogʻirligi 2,6—2,7. Berill pnevmatolitgidrotermal konlarda, pegmatit, greyzenlar bilan birga, kvarsli yertomirlar va boshqa joylarda uchraydi. Tarkibida xrom boʻlgan tinik, yashil Berill zumrad rangsizi, pushtisi vorobyevit; zangori moviy turi akvamarin, tillarangsargʻishi geliodor deyiladi.

Berillning zumrad va akvamarin, geliodor kabi turlari qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda, rudalari metallurgiyada berilliy olishda, tuzlari sanoatning boshqa tarmoqlarida va tibbiyotda ishlatiladi. Oʻzbekiston, AQSH, Kolumbiya, Madagaskar, Ukrainada konlari topilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil