Ben Bernanke
Ben Bernanke | |
---|---|
Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal rezerv tizimi raisi | |
Mansab davri 2006-yil 1-fevraldan – 2014-yil 31-yanvargacha | |
Prezident |
George W. Bush Barack Obama |
Vitse-prezident |
Dick Cheney Al Gore |
Oʻtmishdoshi | Alan Greenspan |
Vorisi | Janet Yellen |
Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiy maslahatchilar kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 2005-yil 21-yanvardan – 2006-yil 31-yanvargacha | |
Prezident |
George W. Bush Barack Obama |
Oʻtmishdoshi | Harvey Rozen |
Vorisi | Edward Lazear |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-dekabr 1953-yil Jorjiya |
Turmush oʻrtogʻi | Ann Bernanke |
Taʼlim |
Princeton universiteti Nyu-York universiteti Stanford universiteti |
Imzosi |
Ben Shalom Bernanke (/bərˈnæŋki/ bər-NANG-kee; 1953-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodchi, 2006-yildan 2014-yilgacha mamlakat Federal rezerv tizimining raisi. Rais sifatidagi faoliyati davomida Bernanke Federal rezerv tizimining 2000-yillar oxiridagi moliyaviy inqirozga chidamliligini oshirgan va buning uchun 2009-yilda „yil kishisi“ deb topilgan[1]. Federal rezerv tizimi raisi boʻlguniga qadar Bernanke Prinston universitetida professor boʻlib ishlagan va 1996-yildan 2002-yil sentyabrigacha iqtisodiyot kafedrasini boshqargan[1]. Bernanke 2022-yilda Duglas Diamond va Philipp Dybvig bilan birgalikda „banklar va moliyaviy inqirozlar boʻyicha tadqiqotlar uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. 5 marta Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli shaxslari roʻyxatiga kiritilgan[1]. Keyinchalik, Brukings institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi[1].
2002-yil 5-avgustdan 2005-yil 21-iyungacha Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. „Bernanke doktrinasi“ni taklif qilgan va birinchi boʻlib „buyuk moderatsiya“ nazariyasini amaliyotga kiritgan. Unda, soʻnggi oʻn yilliklarda jahon iqtisodiyotida roʻy bergan tarkibiy oʻzgarishlar, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligining oshishi, makroiqtisodiy (pul-kredit va fiskal) siyosatning taʼsirini kamaytirish orqali oʻzgaruvchanlikni taʼminlashga erishish ilgari surilgan[2].
Oʻshanda Bernanke Prezident George Bushning iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi boʻlib ishlagan va Prezident Bush uni Alan Greenspan oʻrniga Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan[3]. Uning birinchi muddati 2006-yil 1-fevralda boshlangan[4]. Bernanke 2010-yilning 28-yanvarida prezident Barack Obama tomonidan qayta nomzod qilib koʻrsatilganidan soʻng ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi. Obama uni „xotirjamlikning timsoli“ deb atadi[5]. Uning ikkinchi muddati 2014-yilning 31-yanvarida tugadi. Oʻrniga Janet Yellen tayinlandi[6].
Bernanke oʻzining 2015-yilgi „The Courage to Act“ (Harakat qilish jasorati) kitobida Federal rezerv tizimi tizimi raisi boʻlgan davri haqida yozgan va unda 2007—2008-yillarda jahon iqtisodiyoti inqirozga yuz tutishga yaqin qolganini ochib bergan. Bernankening taʼkidlashicha, „faqat zaxiraning saʼy-harakatlari (chet el hukumatlari bilan hamkorlik) Buyuk depressiyadan ham kattaroq iqtisodiy falokatning oldini oldi“[7].
Oilasi va bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernanke Jorjiya shtatining Augusta shahrida tugʻilgan va Janubiy Karolina shtatining Dillon shahridagi Sharqiy Jefferson koʻchasida ulgʻaygan. Uning otasi Philipp farmatsevt va bir vaqtning oʻzida teatr rahbari boʻlgan[8]. Uning onasi Edna boshlangʻich maktab oʻqituvchisi edi. Bernankening akasi, ikkita ukasi va singlisi bor. Akasi — Set Bernanke Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida advokat boʻlib ishlagan. Singlisi Sharon Bostondagi Berkley musiqa kollejida uzoq vaqt administrator boʻlib ishlagan[8].
Bernanke oilasi Dillondagi kam sonli yahudiy oilalardan biri boʻlib, mahalliy sinagoga — Ohav Shalomga borar edi[8]. Bernanke bolaligida ibroniy tilini ona tomondan bobosi, professional kantor va ibroniy tili oʻqituvchisi Harold Friedmandan oʻrgangan[9][10]. Bernankening otasi tomonidan bobosi Jonas Bernanke dorixonani boshqargan[11].
Jonas Bernanke 1891-yil 23-yanvarda Avstriya-Vengriyaning Borislav shahrida (hozirgi Ukrainaning bir qismi) tugʻilgan. U Polshaning Pshemisl shahridan 1921-yil 30-iyunda 25 yoshli rafiqasi Paulin bilan AQShning Ellis oroliga koʻchib keldi. Kema hujjatida Jonasning kasbi „xizmatchi“, Paulinniki esa „doktor“ deb yozilgan[12][13].
Oilasi 1940-yillarda Nyu-Yorkdan Dillonga koʻchib oʻtdi[14]. Bernankening onasi maktab oʻqituvchiligini tashlab, oilaviy dorixonada ishlagan. Baʼzida Ben Bernanke ham birga ishlagan[8].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsmirlik chogʻida Bernanke kasalxona qurilishida ishlagan. Kollejga kirishdan oldin oʻzining tugʻilgan shahri Dillonda yoʻl boʻyidagi restoranda va koʻngilochar parkdagi attraksionda ishlagan[11][15][16]. Kollej davomida oʻzini taʼminlash uchun ishlashni davom ettirdi[11][17].
Dini
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yillarda oʻsmirlik chogʻida Bernanke oʻzining mahalliy ibodatxonasida Tavrot varaqlarini oʻrashga yordam bergan[18]. Garchi oʻz eʼtiqodlarini maxfiy tutsa-da, uning doʻsti, Nyu-York universitetining iqtisodiyot boʻlimi raisi Mark Gertlerning aytishicha, „Bernanke yahudiylikka ishonadi“[19]. Bernanke Garvardda birinchi kursda oʻqigan paytida, dillonlik hamkasbi Kenneth Manni Rosh Hashanah bayrami (yahudiylar yangi yili)ga, Bruklinga olib borgan[20].
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernanke boshlangʻich maktabda, „Martin Junior High“ maktabida va Dillon oʻrta maktabida tahsil olgan. Sinf sardori boʻlgan va volontyorlar guruhida saksofon chalgan[21]. Oʻsha paytda Dillon oʻrta maktabi hisob-kitoblarni oʻrgatmagani uchun Bernanke buni oʻzi oʻrgangan[10][22]. SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1590 ball toʻplagan[23]. 1965-yilgi „Spelling Bee“ tanlovida ham ishtirok etgan[24][25].
Bernanke 1971-yilda Garvard kollejiga oʻqishga kirdi[26]. Goldman Sachs kompaniyasining boʻlajak bosh direktori kabi Winthrop uyida yashadi. Iqtisodiyot boʻyicha bakalavr diplomi bilan tamomladi. 1975-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1979-yilda Massachusetts texnologiya institutida iqtisod boʻyicha ilmiy darajasini, "Uzoq muddatli majburiyatlar, dinamik optimallashtirish va biznes sikli" mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilgan. Bernankening dissertatsiyalar boʻyicha rahbari Isroil bankining boʻlajak raisi Stanley Fischer edi. Oʻquvchilari orasida Irvin S. Bernstein, Rüdiger Dornbusch, Robert Solow, Peter Diamond va Dale Jorgenson bor edi[27].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻlajak xotini Ann bilan tasodifan tanishgan. U Wellesley kolleji talabasi edi. Ben esa Massachusetts texnologiya instituti aspiranturasida oʻqirdi. Ularning hozirda ikki farzandi bor[28]. Ben „Washington Nationals“ beysbol jamoasining ashaddiy muxlisi va jamoaning Nationals Parkdagi oʻyinlariga tez-tez tashrif buyuradi[29].
1985-yilda Prinstondagi lavozimni qabul qilish uchun Stenfordni tark etgach, oilasi bilan Nyu-Jersi shtatining Montgomeri shaharchasiga koʻchib oʻtdi. Bolalari mahalliy davlat maktablarida oʻqishdi. Olti yil davomida Montgomeri shaharchasi maktab okrugi taʼlim kengashi aʼzosi boʻldi[30].
2009-yilda The Wall Street Journal Bernankening shaxsiy maʼlumotlari oʻgʻirlangani haqida xabar bergan[31].
Ilmiy va hukumatdagi faoliyati (1979—2006)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernanke 1979-yildan 1985-yilgacha Stanford Oliy biznes maktabida dars bergan, Nyu-York universitetida taklif etilgan professor boʻlgan va Prinston universitetining Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlagan. 1996-yildan 2002-yil sentyabrgacha, davlat xizmati taʼtiliga chiqquniga qadar ushbu kafedraga rahbarlik qildi. 2005-yil 1-iyulda Prinston universitetidagi lavozimidan isteʼfoga chiqdi[32].
Bernanke 2002-yildan 2005-yilgacha Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruvchilar kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan[11]. Aʼzo sifatidagi birinchi nutqlaridan birida „Deflyatsiya: sodir boʻlmasligiga ishonch hosil qilish“ deb nomlangan, keyinchalik „Bernanke taʼlimoti“ deb nom olgan gʻoyani ilgari surdi[33].
2004-yil 20-fevralda Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi sifatida nutq soʻzladi va „Buyuk moderatsiya“ deb nomlangan yangi davrda ekanligimizni, zamonaviy makroiqtisodiy siyosat biznesning oʻzgaruvchanligini pasaytirishini tushuntirib berdi[34].
2005-yil iyun oyida George W. Bushning Iqtisodiy maslahatchilari kengashi raisi etib tayinlandi[35]. Bu lavozimda 2006-yilning yanvarigacha ishlagan.
AQSh Federal rezerv tizimi raisi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 1-fevralda Bernanke Federal rezerv tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi va raisi sifatidagi 4 yillik faoliyatini boshladi[36]. Raislik bilan birga Moliyaviy barqarorlikni nazorat qilish kengashiga aʼzo boʻldi. Muammoli aktivlarga yordam berish dasturini nazorat qilishga mas’ul boʻldi. Shuningdek, tizimning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish boʻyicha asosiy organi boʻlgan Federal ochiq bozor qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan[37].
Uning Federal rezerv tizimi tizimi raisi sifatidagi ilk kunlari ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda qiyinchiliklarni keltirdi. Bernanke oʻtmishdoshi Alan Greenspan aytganidan koʻra shaffofroq siyosat va aniqroq bayonotlar tarafdori boʻlib, inflyatsiya haqidagi aniq rejalarni koʻrsatish gʻoyasidan qaytishga majbur boʻldi[38]. Bunday bayonotlar fond bozoriga salbiy taʼsir qilishi mumkin edi. Maria Bartiromo CNBC telekanalida Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqat paytidagi shaxsiy suhbatini oshkor qilgan. Uning xabar berishicha, Bernanke inflyatsiya borasida „yumshoq siyosat“ni olib borishni reja qilgan. investorlar uning izohlarini notoʻgʻri talqin qilishgan. Ommaviy bayonotlari uchun keskin tanqidga uchragan. Keyinroq, uning oʻzi xato fikr bildirganini tan olgan[39][40].
Ben Bernanke Frankfurt-Mayn shahrida boʻlib oʻtadigan Yevropa bank kongressiga taklifdan foydalanib, uning pul-kredit siyosatini qattiq tanqid qiluvchi nemis ekspertlariga nutq soʻzladi. Federal rezerv tizimi dollar kursini sunʼiy ravishda zaiflashtirishga intilmasligini aytdi. Ben Bernanke valyuta urushida ishtirok etayotgan davlatlar uchun ham, butun jahon iqtisodiyoti uchun ham halokatli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi[2]. Shu bilan birga, Xitoyning va baʼzi jadal rivojlanayotgan boshqa mamlakatlarning milliy valyutalarni qadrsizlantirish orqali eksportni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tanqid qildi[41].
2008-yilda Bilderberg guruhining majlisida qatnashgan. Qanday takliflarni bildirgani va majlis yakunida qanday qarorga kelingani haqida maʼlumot bermagan[42].
2007—2008-yillardagi moliyaviy inqiroz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk turgʻunlik chuqurlashar ekan, Bernanke baʼzi noodatiy choralarni joriy qildi. Uning rahbarligi ostida Federal rezerv tizimi oʻz mablagʻlari foiz stavkasini bir yildan kamroq vaqt ichida 5,25 % dan 0,0 % gacha pasaytirdi. Bu likvidlik inqirozini bartaraf etish uchun yetarli emas deyilganida, Federal rezerv tizimi miqdoriy yumshatishni boshladi. 2008-yil noyabridan 2010-yil iyunigacha 1,3 trillion dollarlik zaxira yaratildi[35][2].
Ikkinchi muddatga saylanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 25-avgustda Prezident Obama Bernankeni ikkinchi muddatga Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga koʻrsatishini eʼlon qildi[43]. Obama Bernankening kelib chiqishi, temperamenti, jasorati va ijodkorligi 2008-yilda navbatdagi Buyuk Depressiyaning oldini olishga yordam berganini aytdi[44]. 2009-yil 3-dekabrda Senat Bank qoʻmitasining uning nomzodi boʻyicha eshituvlari boshlanganda, har ikki partiyadan bir nechta senatorlar ikkinchi muddatni qoʻllab-quvvatlamasliklarini maʼlum qilishdi[45][46][47][48][49][50].
Biroq, Bernanke 2010-yil 28-yanvarda Senat toʻliq aʼzolarining 70 foiz ovozi bilan ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi[51][52]. Senatda Bernankeni 60 dan ortiq senator maʼqulladi[53]. Tasdiqlash uchun ikkinchi ovoz berishda 11 nafar demokrat, 18 nafar respublikachi, bir nafar mustaqil va 30 nafar muxolif ovoz berdi[53].
Bernankening oʻrniga Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga Janet Yellen keldi va u mazkur lavozimini egallagan birinchi ayol edi. Yellen nomzodi 2013-yil 9-oktabrda Prezident Obama tomonidan ilgari surilgan va 2014-yil 6-yanvarda AQSh Senati tomonidan tasdiqlangan[54].
Federal rezerv tizimi raisi sifatidagi faoliyatiga doir ziddiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernanke 2000-yillar oxiridagi moliyaviy inqiroz bilan bogʻliq koʻplab tanqidlarga duchor boʻldi. The New York Times gazetasining yozishicha, Bernanke „moliyaviy inqirozni oldindan koʻra olmagani, Wall-streetga moliyaviy yordam koʻrsatish harakatlari va bank tizimiga qoʻshimcha 600 milliard dollar kiritgani uchun tanqidga uchragan“[55].
Merrill Lynch bankining Bank of America bilan birlashish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 23-aprelda Nyu-York shtatining o‘sha paytdagi Bosh prokurori Andrew Cuomoning Kongressga yo‘llagan maktubida Bernanke sobiq G‘aznachilik kotibi Henry Polson bilan birga Bank of America tomonidan Merrill Lynchni sotib olish bilan bog‘liq firibgarlik ayblovlarida tilga olingan[56]. Maktubda Merrill Lynchdagi yoʻqotishlar miqdori Bernanke va Paulson tomonidan Bank of Americaga oshkor qilinmaganligi taʼkidlangan. Bank of America bosh ijrochi direktori Ken Lewis gʻaznachilik kotibi Henry Paulsonga Bank of America „salbiy moddiy oʻzgarish“ (MAC) bandini qoʻllash orqali birlashishdan chiqayotgani haqida xabar bergan. Paulson darhol Lewisni Vashingtondagi uchrashuvga chaqirgan. 2008-yil 21-dekabrda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Paulson Lewisga, agar ular MAC bandiga murojaat qilsalar, u va boshqaruv kengashi almashtirilishini va qoʻshimcha ravishda aksiyadorlarga yoʻqotishlar miqdorini oshkor qilmasliklarini aytdi. Paulson Nyu-York Bosh prokuraturasiga Bernanke tomonidan Lewisga shu tarzda „tahdid qilishni“ buyurganligini aytdi[57].
Ushbu ayblovlar boʻyicha Kongress tinglovlari 2009-yil 25-iyunda boʻlib oʻtdi. Bernanke Lewisga tahdid qilmaganligini isbotladi. Kongress aʼzolari tomonidan qizgʻin soʻroq ostida Bernanke „hech qachon boshqaruv kengashi va Bank of America rahbariyatini ishdan boʻshatish haqida aytmaganini“ maʼlum qildi. Keyingi guvohlikda Bernanke Federal rezerv tizimi va Bank of Americani qoʻshilishiga qaratilgan harakatlarida noqonuniy hech narsa qilmaganini aytdi[2][58].
AIG
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Huffington Post gazetasining 2010-yil 26-yanvar sonidagi ishonchli manbalardan olingan xabarda, Bernankening „AIG sugʻurta shirkatiga moliyaviy yordam berishdagi roli haqida tashvishli tafsilotlar“ni koʻrsatuvchi hujjatlar oshkor qilingan. Kentukki shtatidan respublikachi senator Jim Bunning CNBC telekanaliga bergan intervyusida Bernanke oʻz xodimlarining AIG sugʻurta shirkatiga moliyaviy yordamini koʻrsatadigan hujjatlarni koʻrganini aytdi. Sharh muallifining aytishicha, bu AIGni qutqarish qarori zarurmi yoki yoʻqmi degan savol tugʻdirardi. Bernankeni qoʻllab-quvvatlagan har ikki partiya senatorlari, uning xatti-harakatlari yanada yomonroq muammolarning oldini olgan va moliyaviy inqiroz uchun barcha javobgarlikdan ustun kelganini aytishadi[59].
Edward Quince
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yildagi inqiroz tufayli Ben Bernanke „Edward Quince“ taxallusini oldi. Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, taxallus AIG aksiyadorlari tomonidan hukumatga qarshi jamoaviy daʼvo arizasida dalillar bor edi. Sugʻurta shirkati Federal rezerv tizimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak edi. „Edward Quince“ elektron pochta xabarlaridan birida shunday deyilgan:
„Oʻylaymizki, chekinishiga bir necha kun qoldi. Ular buni vaqtinchalik muammo deb hisoblashadi. Bunday bo‘shliq xavflidir“
Starr Amerika Qoʻshma Shtatlariga qarshi sud jarayonida Quince taxallusini oshkor qilgandan soʻng, The New York Times Bernankening taxallusidan ilhomlangan kokteyl yaratdi: „Javdar va behi“[60][56].
Iqtisodiy qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernanke London iqtisodiyot maktabida pul-kredit nazariyasi va siyosati boʻyicha bir nechta maʼruzalar oʻqigan. U ikkita darslik yozgan: Andrew Abel (shuningdek keyingi nashrlarda Dean Croushore ham qoʻshilgan) bilan hamkorlikda tuzilgan makroiqtisodiyot darsligi hamda Robert H. Frank bilan hammualliflikda mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot tezislaridan iborat kirish darsligi[2]. Bernanke AQSh milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosining monetar iqtisodiyot dasturi direktori va American Economic Review jurnalining muharriri boʻlgan. U IDEAS/RePEc maʼlumotlariga koʻra, kitoblari eng koʻp nashr etilgan dunyodagi 50 iqtisodchi qatoriga kiradi[61].
Milton Friedmanning toʻqson yoshga toʻlishi munosabati bilan qilgan nutqida (2002-yil 8-noyabr) Bernanke shunday degan[62]:
Federal rezerv tizimi tizimining rasmiy vakili sifatidagi maqomimni biroz suiisteʼmol qilgan holda, nutqimni tugatishga ijozat bersangiz. Men Milton va Annaga qarata aytmoqchiman: Buyuk Depressiya haqidagi fikrlaringiz oʻrinli. Biz hamma ishni qildik. Biz juda afsusdamiz, lekin sizga rahmat, biz bu ishlarni boshqa qilmaymiz
"Let me end my talk by abusing slightly my status as an official representative of the Federal Reserve. I would like to say to Milton and Anna: Regarding the Great Depression, youʼre right. We did it. We're very sorry. But thanks to you, we won't do it again."
Bernanke foiz stavkalarini nolga tushirish haqidagi qarorida Milton Friedman va Anna Schwartzdan iqtibos keltirgan edi. Biroq, Anna Schwartz Bernankeni qattiq tanqid qilgan va The New York Times gazetasida Barack Obamaga uning Federal rezerv tizimi raisi etib qayta tayinlanishiga qarshi ekanini bildirgan. Bernanke Federal rezerv tizimining roliga kamroq va xususiy moliya institutlarining roliga koʻproq eʼtibor qaratgan edi[63].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AQSh ekonometrik jamiyati aʼzosi (1997)[64].
- Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi (2001)[65].
- Palmetto ordeni (2006)[66].
- Amerika falsafa jamiyati aʼzosi (2006)[67].
- Kolumbiya biznes maktabi mukofoti (2008)[68].
- 2009-yilda Time jurnali tomonidan yil kishisi deb topildi[69].
- 2020-yilda „Iqtisodiyot, moliya va menejment“ nominatsiyasida BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Award mukofotiga sazovor boʻldi[70].
- Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (2021)[71].
- 2022-yilda Douglas Diamond va Philipp Dybvig bilan birga „banklar va moliyaviy inqirozlar boʻyicha tadqiqotlari uchun“ iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[72].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bernanke, Ben S. „Nonmonetary Effects of the Financial Crisis in the Propagation of the Great Depression“.
- „The Federal Funds Rate and the Channels of Monetary Transmission“ 901–921 (1992-yil sentyabr).
- Bernanke, Ben S.; Gertler, Mark; Watson, Mark (May 27, 1997). "Systematic Monetary Policy and the Effects of Oil Price Shocks". C.V. Starr Center for Applied Economics. https://ideas.repec.org/p/cvs/starer/97-25.html.
- Bernanke, Ben S.; Laubach, Thomas; Mishkin, Frederic S.; Posen, Adam S.. Inflation Targeting: Lessons from the International Experience. Princeton University Press, 2001. ISBN 0-691-08689-3.
- Bernanke, Ben S.. Essays on the Great Depression. Princeton University Press, 2004. ISBN 0-691-11820-5.
(Description, TOC, and preview of ch. 1, „The Macroeconomics of the Great Depression“) - Abel, Andrew B.; Bernanke, Ben S.; Croushore, Dean. Macroeconomics, 6th, Addison–Wesley, 2007. ISBN 978-0-321-41554-7.
- Frank, Robert H.; Bernanke, Ben S.. Principles of Macroeconomics. McGraw–Hill, 2007. ISBN 978-0-07-336265-6.
- Bernanke, Ben S.. The Courage to Act: A Memoir of a Crisis and Its Aftermath. W. W. Norton & Company, October 2015. ISBN 978-0-393-24721-3.
- Bernanke, Ben S. „Notes from The Courage to Act“. W. W. Norton & Company (2015-yil oktyabr).
- Bernanke, Ben S.. 21st Century Monetary Policy: The Federal Reserve from the Great Inflation to COVID-19. W. W. Norton & Company, May 2022. ISBN 978-1324020462.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Amadeo. „The Great Depression Expert Who Prevented the Second Great Depression“. The Balance. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Инсоният энди молиявий инқироз пайтида нима қилишни билади. Нобел олган Бернанке ҳақида“.
- ↑ Andrews, Edmund L.. „Bush Nominates Bernanke to Succeed Greenspan as Fed Chief“. The New York Times (24-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ „Ben S. Bernanke formally sworn in to second term as chairman of the Board of Governors of the Federal Reserve System“. Board of Governors of the Federal Reserve System. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ „Obama nominates Janet Yellen to succeed Bernanke at Federal Reserve“. Mort Zuckerman. Associated Press (9-oktabr 2013-yil).
- ↑ „Yellen sworn in as Fed chair in brief ceremony“. The Associated Press. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ Michael Kinsley. „Ben Bernanke's 'The Courage to Act'“. The New York Times (8-oktabr 2013-yil).
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 „Federal Reserve Speech: Chairman Ben S. Bernanke At the presentation of the Order of the Palmetto, Dillon, South Carolina“. Board of Governors of the Federal Reserve System (1-sentabr 2006-yil). 2010-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ Kirchhoff, Sue. „New Fed chief will face an economy with issues“. USA Today (31-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2008-yil.
- ↑ 10,0 10,1 „Person of the Year (2009)“. Time. dekabr 16, 2009. Aprel 17, 2010da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: Aprel 26, 2010.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Phillips, Michael M.. „Fed Chief's Boyhood Home Is Sold After Foreclosure“. The Wall Street Journal. Dow Jones & Company (14-fevral 2009-yil), s. A1.
- ↑ „Jonas Bernanke“. The Times/Ellis Island Legacy Keepsake. Nytstore.com (30-iyun 1921-yil). 2008-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Pauline Bernanke“. The Times/Ellis Island Legacy Keepsake. Nytstore.com (30-iyun 1921-yil). 2008-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FRB: Speech, Bernanke-Financial Access for Immigrants: The Case of Remittances-April 16, 2004“. The Federal Reserve Board (16-aprel 2004-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ „60 Minutes Video – 60 Minutes, 06.07.09“. CBS.com. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Bernanke speaks at ceremony naming I-95 interchange - Mar. 7, 2009“. money.cnn.com. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ John M. Broder. „In First Crisis on the Job, Bernanke's About-Face Is Weighed“. The New York Times (20-avgust 2007-yil). Qaraldi: 15-mart 2008-yil.
- ↑ „Ben Bernanke, Time Mag's 2009 'Person of the Year' is Jewish“. Jewish Journal (16-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
- ↑ „Fed Nominee Bernanke Was Molded By Upbringing in Small-town South“. The Daily Forward (18-noyabr 2005-yil). 2010-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ Wessel, David. In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic (New York: Crown Business, 2009), pp. 70-71.
- ↑ Wessel, David (2009), In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic, New York: Crown Business, p. 70.
- ↑ White, Ben. „Bernanke Unwrapped“. The Washington Post (15-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2008-yil.
- ↑ „National Merit Scholarship Corporation - Scholars You May Know“. nationalmerit.org. 2010-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ White, Ben (November 15, 2005). Bernanke Unwrapped, The Washington Post
- ↑ „Dillon Boy Is New S. C. Champion In Spelling Bee Held at Anderson“. The Greenville News (9-may 1965-yil), s. 1. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
- ↑ Grynbaum, Michael M.. „At Harvard, They Hail a Fed Chief“. The New York Times (5-iyun 2008-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2017-yil.
- ↑ Bernanke, Benjamin Shalom (May 1979). Long-Term Commitments, Dynamic Optimization, and the Business Cycle (PDF) (PhD thesis). Massachusetts Institute of Technology. May 30, 2008da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: July 13, 2011.
- ↑ Grunwald, Michael (December 16, 2009). „Ben Bernanke“. Time.
- ↑ Steinberg, Dan {September 27, 2012}. „Ben Bernanke is a huge Nats fan“. The Washington Post. Retrieved January 21, 2014.
- ↑ „Ben Bernanke“
- ↑ Jon Hilsenrath and Brent Kendall. „Bernanke Falls Victim to Identify Theft“. WSJ (29-avgust 2009-yil).
- ↑ „Balkenende to Meet Bush in Washington“. NIS News Bulletin (2008). 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-may. (WebCite saytida 2012-02-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Deflation: Making Sure 'It' Doesn't Happen Here, Remarks by Governor Ben S. Bernanke Before the National Economists Club, Washington, D.C. November 21, 2002“.
- ↑ Krugman, Paul R. (2009). The Return of Depression Economics and the Crisis of 2008. Norton & Company. p. 10.
- ↑ 35,0 35,1 Andrews, Edmund L.; Leonhardt, David; Porter, Eduardo; Uchitelle, Louis (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010
- ↑ Andrews, Edmund L.; David Leonhardt; Porter, Eduardo; Louis Uchitelle (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010
- ↑ „Ben S. Bernanke“. Board of Governors of the Federal Reserve System. 2010-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Federal Reserve Chairman Ben Bernanke to Join Economic Studies at Brookings“. Brookings.
- ↑ Lowenstein, Roger. „The Education of Ben Bernanke“. The New York Times Magazine (20-yanvar 2008-yil).
- ↑ Henderson, Nell. „Fed Chief Calls His Remarks A Mistake“. The Washington Post (24-may 2006-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Бен Бернанке попытался убедить европейцев в своей правоте“.
- ↑ „Bilderberg Announces 2008 Conference“. BusinessWire (2008). 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.
- ↑ Andrews. „Obama to Nominate Bernanke to 2nd Term at Fed“. The New York Times (24-avgust 2009-yil). Qaraldi: 24-iyul 2017-yil.
- ↑ Hilsenrath, Jon; Williamson, Elizabeth; Weisman, Jonathan. „Calm in Crisis Won Fed Job“. The Wall Street Journal (26-avgust 2009-yil). 4-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ „McCain To Oppose Bernanke Reconfirmation“. The Huffington Post (24-yanvar 2010-yil). 2011-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2011-yil.
- ↑ Sloan. „Senate Vote on Bernanke Confirmation Set for Thursday“. Investment Dealers' Digest. 2010-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ Irwin, Neil; Montgomery, Lori. „Populist backlash puts Federal Reserve Chairman Ben Bernanke under siege“. The Washington Post (23-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
- ↑ Chan, Sewell. „2 Key Senators Oppose a Second Term for Bernanke“. The New York Times (22-yanvar 2010-yil), s. A1. 25-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Release: Sanders Puts Hold on Bernanke“ (2-dekabr 2009-yil). 2010-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
- ↑ „Senate Dems Not Sure They Can Get Enough Votes to Reconfirm Bernanke“. ABC News (21-yanvar 2010-yil). 2010-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
- ↑ „U.S. Senate Roll Call Vote“. U.S. Senate (28-yanvar 2010-yil). 2010-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
- ↑ Irwin, Neil. „Senate confirms Bernanke for second term as Federal Reserve chairman“. The New York Times (28-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
- ↑ 53,0 53,1 Chan, Sewell. „Bernanke wins a second term, but it's a tepid victory“. Houston Chronicle (28-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2010-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Janet Yellen Confirmed as Fed Chair“. Legal Times (6-yanvar 2014-yil).
- ↑ Chan, Sewell. „The Fed? Ron Paul's Not a Fan“. The New York Times (2010-yil 11-dekabr). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ 56,0 56,1 „Бен Бернанке — это Эдвард Кинсе“.
- ↑ „Andrew Cuomo letter to Congress, April 23, 2009“. 2009-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-may.
- ↑ "Lawmakers hit out at Paulson over BofA-Merrill". Reuters. July 16, 2009
- ↑ Grim, Ryan (January 27, 2010), „Is Bernanke Hiding A Smoking Gun?“, The Huffington Post
- ↑ Paletta, Damian (October 9, 2014), „Meet Edward Quince, the Secret Federal Reserve Chairman in 2008“, Wall Street Journal,
- ↑ „Economist Rankings - IDEAS/RePEc“. ideas.repec.org.
- ↑ ; Anna Jacobson Schwartz; National Bureau of Economic Research „B. Bernanke's speech to M. Friedman“, The Great Contraction, 1929-1933. Princeton University Press, 2008 — 247-bet. ISBN 978-0-691-13794-0.
- ↑ anna schwartz.. „Man Without a Plan“. The New York Times (2009-yil 25-iyul). Qaraldi: 2012-yil 13-dekabr.
- ↑ „SCDOT Page Not Found“. scdot.org. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
- ↑ „Book of Members, 1780–2010: Chapter B“. American Academy of Arts and Sciences. 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-iyun.
- ↑ „Federal Reserve Speech: Chairman Ben S. Bernanke At the presentation of the Order of the Palmetto, Dillon, South Carolina“. Board of Governors of the Federal Reserve System (2006-yil 1-sentyabr). 2010-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-yanvar.
- ↑ „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2021-yil 24-may.
- ↑ „Columbia Business School Annual Dinner“. Qaraldi: 2008-yil 8-may.
- ↑ Michael Grunwald (December 16, 2009). „Person of the Year 2009“. Time. December 18, 2009da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 30, 2010.
- ↑ „FRONTIERS OF KNOWLEDGE AWARDS“ (en). Premios Fronteras. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „2021 NAS Election“. www.nasonline.org (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ Press release: The Prize in Economic Sciences 2022