Kontent qismiga oʻtish

Bedreddin Mahmud Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bedreddin Mahmud Bey
turkcha: Bedreddin Mahmud Bey'
Karamanoğulları beki
Saltanat 1300-1312
Oʻtmishdoshi Güneri Bey
Davomchisi Musa Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1312-yil
Dafn etilgan joy
Balkusan
Farzandlari Musa Bey
Bedreddin İbrahim Bey I
Alâeddin Halil Mirza Bey
Uy Karamanoğulları
Otasi Kerimüddin Karaman Bey
Dini Sunni Islom

Bedreddin Mahmud Bey (turkcha: Bedreddin Mahmud Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning oʻgli boʻlib, beklikni 1300-1312-yillarda boshqargan[1][2].

Mahmud Beyning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Ehtimol, 1293-yilda u muhim port hisoblangan Alaya shahriga qarshi yurishda akasi bilan birga qatnashgan. 1277-yilda u mamluk sultoni Beybarsning hokimiyatini tan olib, Ich-il hududini iqto sifatida oldi. Katta ehtimol bilan mamluklar Mahmud Beyni Hulokuiylar davlati bilan boʻlgan jangdagi gʻalabasi tufayli ushbu hududlar unga iqto sifatida berilgan. 1288-yilda karamanlilar moʻgʻullar bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, Koʻniya sultonligi sultoni Masud II hokimiyatini tan oldi. 1293-yilda u Kipr qiroli Genrix II bosib olishga tayyorgarlik koʻrayotgan Alaya shahriga yurishda qatnashgan (boshqa manbalarga koʻra, ushbu harbiy hujumga boshchilik qilgan). Hujum muvafaqqiyatli amalga oshirilib, Alaya Karamanoğulları bekligiga qoʻshib olindi. Bu yerda ham kichik yarim mustamlaka beklik tuzilib, Mahmud akasi Güneri Bey homiyligi ostida shaharni boshqargan.

Bedreddin Mahmud Bey akasi Güneri Beyning 1300-yilda vafotidan soʻng, beklik taxtiga oʻtirdi. U moʻgʻullar va Koʻniya sultonligiga qarshi kurashni davom ettirdi. Taxt uchun kurashayotgan shahzodalarga oʻz dastagini berdi. 1308-yilda u sulton Maʼsud III ning oʻlimidan va Koʻniya sultonligining tugatilganligidan foydalanib, Koʻniyani egallashga harakat qiladi, lekin moʻgʻul noʻyoni bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchradi.

U 1312-yilda vafot etgan boʻlib, Balkusanga dafn etilgan. Undan soʻng, taxtga oʻgʻli Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey chiqdi.

  1. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  2. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Güneri Bey
Karamanoğulları beki
1300-1312
Vorisi:
Musa Bey