Bakteriofaglar
Bakteriofaglar (bakteriyalar va yun. phegos – yemiruvchi) – bakteriyalarni yutib, yemirib, yoʻq qilib yuboradigan viruslar; bakteriyalar kushandasi. 1917-yil fransuz olimi F. Derell bakterial filtrlardan oʻtib keta oladigan, eritish qobiliyatiga ega mavjudotlarga „bakteriofag“ deb nom bergan. N. F. Gamaleya bu jarayonni birinchi boʻlib kuzatgan (1898). Mikroorganizmlar bor joyda bakteriofaglar ham albatta boʻladi. Ularning diametri 45–140 nm boʻlgan dumaloqroq yoki oltiburchak shaklidagi boshchasi va uzunligi 100 – 600 nm keladigan dumi bor. Boshcha va dum qobigʻi oqsil moddadan tashkil topgan. Bakteriofaglar bakteriya hujayrasiga oʻsimtasi bilan yopishib oladi (adsorbsiya), soʻngra boshchasidagi narsa hujayra ichiga kirib borib, yangi fag zarrachalarini hosil qiladi. Oqibatda hujayra yemirilib (lizis), yangi bakteriofaglar atrofga ajraladi. Virulentli va moʻtadil (simbiotik) b’akteriofaglar farq qilinadi. Birinchisi hujayralarni yemirib (lizis) yangi zarrachalar hosil qiladi. Boshqalari hujayra ichiga kirsa ham uni eritib yubormaydi (profag). Moʼtadil fag tutgan bakteriyalar lizogen bakteriyalar deyiladi. Bakteriofaglarning ayrimlari gʻoyat spesifik xususiyatga ega, yaʼni mikrobning faqat bir turiga taʼsir koʻrsatadi (monofag). Boshqa Bakteriofaglar har xil turdagi hujayralarni eritib yuboradi (polifag). Mikroblarning oʻzgaruvchanligi va evolyutsiyasida bakteriofaglar muhim ahamiyatga ega. Hamma bakteriofaglar oqsil va nuklein kislotalardan tashkil topgan boʻlib, shu kislotalar turiga qarab, DNK. va RNK tutuvchi bakteriofaglarga boʻlinadi. Bakteriofaglar shifobaxsh va kasalliklarning oldini oluvchi vosita sifatida ham qoʻllanadi. Yuqumli kasalliklar (dizenteriya, ich terlama va boshqalar)ga tashhis qoʻyishda, bemor organizmidan ajratib olingan bakteriya xilini aniqlashda ham bakteriofaglardan foydalaniladi. Oʻsimliklarda turli kasallik qoʻzgʻatuvchi (fitopatogen) bakteriyalarni yemiruvchi bakteriofaglar ham maʼlum. Ekin maydonlaridagi tuproqda va ariq suvlarida baʼzi patogen mikroblarning bakteriofaglari topilgan. Ekishdan oldin urugʻlikni turli kasalliklarga qarshi dorilash tajribasi bakteriofaglardan ekiladigan urugʻlarni yuqumsizlantirishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Structural Model of Bacteriophage T4". WikiJournal of Science 4 (1): 5. 2021. doi:10.15347/WJS/2021.005. https://en.wikiversity.org/wiki/WikiJournal_of_Science/Structural_Model_of_Bacteriophage_T4.
- ↑ "Bakteriofaglar" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Beyond Antibiotics: New Therapeutic Approaches for Bacterial Infections". Clinical Infectious Diseases 63 (1): 89–95. July 2016. doi:10.1093/cid/ciw200. PMID 27025826. PMC 4901866. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4901866.
- The Perfect Predator. Hachette Books, 2019. ISBN 978-0-316-41808-9.
- Viruses vs. superbugs : a solution to the antibiotics crisis?. London: Macmillan, 2006. ISBN 978-1-4039-8764-8.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Bakteriofaglar haqida turkum mavjud |
Vikiiqtibosda Bakteriofaglarga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- „The Bacteriophage Ecology Group“. The Ohio State University. 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- „Bacteriophages illustrations and genomics“. Orsay phage web site. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-oktyabr.
- „QuipStories: Bacteriophages get a foothold on their prey“. PDBe.
- „Using 'Phage' Viruses to Help Fight Infection“. Science Friday podcast. NPR (2008-yil aprel). 2008-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- „Animation of a scientifically correct T4 bacteriophage targeting E. coli bacteria“. YouTube (2019-yil 21-may).
- „T4 Bacteriophage targeting E. coli bacteria“. Animation by Hybrid Animation Medical (2009-yil 21-dekabr).
- Bacteriophages: What are they. Presentation by Professor Graham Hatfull, University of Pittsburgh YouTubeda
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |