Kontent qismiga oʻtish

Antipapa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antipapa - katolik cherkovi tomonidan noqonuniy deb topilgan “papa”ga nisbatan ishlatilgan. O'rta asrlarda o‘zaro dushmanlik kayfiyatida va turli hukumatlarning qo‘llab-quvvatlashi ostida bir necha kishi o‘zini qonuniy rim papasi, qolganlar noqonuniy ekanini da’vo qilib chiqqan. Masalan, “buyuk taxt” (“velikiy raskol”) davrida papalikka da’vo qilgan Grigoriy XII (1406-1415), Benedikt XIII (1394-1423), Ioann XXIII (1410-1415) orasidan Grigoriy XII cherkov tomonidan qonuniy, boshqalari “antipapa” deb tan olingan. Umuman, rim katolik cherkovi tarixida 30 ortiq “antipapa” o‘tganligi qayd qilingan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 40.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.