Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari
Fransuzcha nashrning muqovasi | |
Asl nomi | Mirifiques Aventures de Maître Antifer |
---|---|
Muallif(lar) | Jules Verne |
Tarjimon(lar) | Erkin Mirobidov |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1894 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1969 |
Sahifalar soni | 406 |
„Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ (fransuzcha: Mirifiques Aventures de Maître Antifer) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht roman. Ilk bor 1894-yil nashr qilingan. Asarda qahramonlarning nomaʼlum dengizdagi noʻmalum orolga koʻmilgan xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romanda turk boyvachcha Kamylk-Pacha (talaffuzi: Kamulk poshsho) umr boʻyi toʻplagan boyliklarini nomaʼlum orolda yashiradi. Oradan oʻttiz yil oʻtib yashirilgan boyliklar haqida Pierre-Servan-Malo Antifer (talaffuzi: Pyer-Servan-Malo Antifer) xabar topadi va ularni izlashga otlanadi. Asarda Antifer togʻaning ushbu xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pierre-Servan-Malo Antifer (talaffuzi: Pyer-Servan-Malo Antifer) – sohil boʻylab suzuvchi kemaning sobiq kapitani
- Gildas Trégomain (talaffuzi: Jildas Tregomen) – Antiferning doʻsti
- Juhel (talaffuzi: Jyuel) – Antiferning jiyani
- Nanon (talaffuzi: Nanon) – Antiferning opasi
- Énogate (talaffuzi: Enogat) – Nanonning qizi, Juhelning sevgilisi
- Kamylk-Pacha (talaffuzi: Kamulk poshsho) – vasiyatchi boyvachcha
- Ben-Omar (talaffuzi: Binni Umar) – notarius
- Zambuco (talaffuzi: Zambuko) – bankchi
- Mourad (talaffuzi: Murod) – Kamylk-Pachaning dushmani
- Saouk (talaffuzi: Souk) – Mouradning oʻgʻli
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarni oʻzbek tiliga Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1969-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida rus adabiyotshunosi Yevgeniy Brandisning Jules Verne hamda uning „Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ romani haqidagi maqolasi keltirilgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari haqida turkum mavjud |