Andy Najar
Andy Ariel Najar Rodriguez (talaffuzi: Endi Ariel Naxar Rodriges; 1993-yil 16-martda Gondurasning Choluteka shahrida tugʻilgan) — gonduraslik futbolchi, „D. C. United“ va Gonduras terma jamoasi himoyachisi. 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari va 2014-yilgi Jahon kubogi ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andy Ariel Najar Rodríguez | ||
Tavallud sanasi | 16-mart 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Choluteca, Gonduras | ||
Boʻyi | 1.70 | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | D. C. United | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2010 | D. C. United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | D. C. United | 82 | (10) |
2013 | → Anderlecht (ijara) | 0 | (0) |
2013—2020 | Anderlecht | 126 | (11) |
2020 | Los Angeles FC | 8 | (0) |
2021— | D. C. United | 49 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2012 | Gonduras U23 | 7 | (0) |
2011— | Gonduras | 42 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-sentyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 7-yanvarida Andy Najar belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubiga oylik ijaraga oʻtgan, shundan soʻng klub uning transferini 3 million yevroga sotib olgan[1][2][3]. 2-avgust kuni „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi bahsda Andy Najarr Massimo Bruno oʻrniga Yupiler ligasida debyut qilgan[4][5][6]. 2014-yilning 19-yanvarida „Mechelen“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Andy Najar „Anderlecht“ futbol klubi safida birinchi golni urgan[7][8]. 2014-yilda Andy Najar turnirda gʻolib chiqgan va Belgiya Superkubogi sohibiga aylangan. 2017-yilda ikkinchi marta Belgiya chempioni boʻlgan.
2020-yil 17-iyun kuni Andy Najar „Los Angeles FC“ bilan shartnoma imzolab, MLSga qaytgan[9][10]. U 23-iyul kuni MLS turnirida „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[11][12].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 3-sentyabrda Andy Najar Gonduras terma jamoasida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[13].
2012-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Londonga Olimpiya oʻyinlariga boradigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[14][15]. Turnirda u Ispaniya, Marokash va Yaponiya jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ishtirok etgan[16].
2013-yilda Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[17][18]. Turnirda u Gaiti, El Salvador, AQSH terma jamoalariga qarshi turnirning barcha oʻyinlarida maydonga tushgan va Kosta-Rikaga qarshi bahsda Andy Najar terma jamoadagi ilk golini kiritgan[19][20].
2014-yilning yozida Andy Najar terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligidan joy olgan[21]. Turnirda Andy Najar Fransiya va Shvetsariya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[22].
2015-yilda terma jamoa tarkibida Andy Najar CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[23][24]. Turnirda u Gaiti, AQSh va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Panamaliklarga qarshi kechgan bahsda Andy Najar gol urgan[25][26].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro turnir | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
D. C. United | 2010 | 26 | 5 | 2 | 0 | — | — | 28 | 5 | ||
2011 | 31 | 5 | 0 | 0 | — | — | 31 | 5 | |||
2012 | 25 | 0 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | 28 | 0 | ||
Jami | 82 | 10 | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 87 | 10 | |
Anderlecht | 2013—2014 | 15 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | 10 | 1 | 27 | 3 |
2014—2015 | 26 | 2 | 6 | 1 | 7 | 1 | 9 | 4 | 48 | 8 | |
2015—2016 | 24 | 2 | 2 | 0 | 9 | 1 | 3 | 0 | 38 | 3 | |
2016—2017 | 9 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 15 | 0 | ||
2017—2018 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | |
2018—2019 | 18 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 23 | 0 | |
Jami | 93 | 6 | 11 | 1 | 27 | 2 | 26 | 5 | 157 | 14 | |
Umumiy faoliyatida | 175 | 16 | 15 | 1 | 27 | 2 | 27 | 5 | 244 | 24 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andy Najar to Anderlecht on loan“ (en). ESPN (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „United’s Andy Najar transferred to Belgian side R.S.C. Anderlecht“ (en). D.C. United (2013-yil 30-yanvar). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Andy Najar on loan with R.S.C. Anderlecht“ (en). D.C. United (2013-yil 7-yanvar). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „D.C. United loans Najar to Anderlecht“ (en). Sports Illustrated (2013-yil 7-yanvar). 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Серкль Брюгге VS. Андерлехт 0:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-avgust). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ Steven Goff. „It’s official: Najar sold to Anderlecht“ (en). The Washington Post (2013-yil 31-yanvar). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Мехелен VS. Андерлехт 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 19-yanvar). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ Greg Seltzer. „American Exports: Sacha Kljestan returns to lineup as Anderlecht go to the top in Belgium“ (en). MLSsoccer.com (2013-yil 2-avgust). 2020-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „LAFC Signs Honduran International Andy Najar“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 17-iyun). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ Avi Creditor. „LAFC Signs Andy Najar, Brings Honduran Star Back to MLS“ (en). Sports Illustrated (2020-yil 17-iyun). 2020-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Black & Gold Endgame | LAFC 2-2 Portland Timbers 7/23/20“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 23-iyul). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
- ↑ „LAFC Announces Roster Moves For 2021 Season“ (en). Los Angeles Football Club (2020-yil 1-dekabr). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
- ↑ „Гондурас VS. Колумбия 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 3-sentyabr). 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Испания (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 29-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Гондурас (до 21) VS. Марокко (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 26-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Япония (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 1-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Гаити VS. Гондурас 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 9-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ „Гондурас VS. Сальвадор 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ „США VS. Гондурас 3:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ „Гондурас VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ „Гондурас VS. Швейцария 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Франция VS. Гондурас 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-iyun). 2014-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Гаити VS. Гондурас 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „США VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „¿Acertó Fabián Coito en elegir a José Reyes como sustituto de Andy Najar“ (es). Diez - Diario Deportivo (2019-yil 14-iyun). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.