Kontent qismiga oʻtish

Aloqa kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aloqa kanali – uzatuvchi moslamadan qabul qiluvchi moslamaga turli maʼlumotlar uzatishni taʼminlovchi texnik qurilmalar toʻplami. Uzatuvchi moslama axborotni signalga aylantirib, aloqa kanalining kirish qismiga uzatadi, qabul qilingan signal boʻyicha aloqa kanali chiqishida qabul qiluvchi moslama uzatilgan axborotni qayta eshittiradi. Uzatuvchi moslama, aloqa kanali va qabul qiluvchi moslama aloqa tizimini hosil qiladi. Aloqa tizimi vazifasiga koʻra, telegraf, tovush eshittirish, televizion, fototelegraf (faksimil), telemetrik va boshqalarga; signallar tarziga koʻra, uzluksiz va diskretli xillarga boʻlinadi. Uzatish trakti sifatida turli liniyalar (simli, radio, radiotoʻlqinli va boshqalar)dan foydalaniladi. Bir aloqa kanalida bir necha aloqa liniyasi boʻlishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil