Allelopatiya
Qiyofa
Allelopatiya (yun. allelon — oʻzaro, pathos — taʼsir) — turli organizmlarning har xil moddalar ajratib chiqarish orqali oʻzaro taʼsir koʻrsatishi. Mas, ayrim mikroorganizmlar antibiotiklar ishlab chiqarib boshqa mikroorganizmlar rivojlanishini zaiflashtiradi yoki ularni butunlay nobud qiladi; ayrim yuksak oʻsimliklarning moddalar alma-shinuvi jarayonida hosil qilgan zaharli moddalari boshqa oʻsimliklarga taʼsir etib, oʻsimlik faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi; hasharotlar esa yuksak oʻsimliklarga taʼsir qiluvchi moddalar ishlab chiqaradi va hokazo.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |