Kontent qismiga oʻtish

Aligote

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aligote — oʻrtapishar, vinobop uzum navi. Fransiya xalq seleksiyasida yaratilgan. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Bargi toʻgarak, uch boʻlakchali, arra tishli. Barg orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, ogʻirligi 100-110 g, gʻujumi tigʻiz, yirik (dia-metri 12-16 mm), koʻkish-oq, jigarrang dogʻlari bor. Kurtaklari yozilganidan to hosili pishguncha vegetatsiya davri 321130-150 kun davom etadi. Faol harorat yigʻindisi 2600°-2850° da avgust ning oxirida pishadi. Tarkibida 25% qand bor. Hosildorligi 100-150 s/ga. Ka-salliklarga chidamli, sovuqqa bardoshi oʻrtacha. Hosilidan sof va shampan vinolar, konyak uchun spirt tayyorlanadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil