Kontent qismiga oʻtish

Alexander Grin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Alexander Green
Alexander Green (1910)
Alexander Green (1910)
Tugʻilgan Alexander Grinevsky (1880-08-23) 23-avgust 1880-yil

Vyatka

Vafot etgan 8-iyul 1932-yil (1932-07-08) (51 yosh)
Stary Krym
Kasbi Yozuvchi
Tili Rossiya
Fuqarolik Rossiya imperiyasi→SSR
Davr 1906—1932
Adabiy harakat Neo-romantizm
Rafiqalari Vera Abramova
Nina Grin

Aleksandr Stepanovich Grinevskiy (oʻzining taxallusi bilan yaxshi tanilgan, Aleksander Green / Grin (rus tilida boʻlmagan adabiyotlarda imlosi o'zgaradi), Rus tilida:Александр Грин, [ɐljɪˈksandr ɡrjin], 23-avgust 1880 - 8-iyul 1932) rus yozuvchisi, u romantik mavzudagi romanlari va qisqa hikoyalari bilan butun dunyoga mashhur, uning asarlaridagi voqealar asosan xayoliy Yevropa yoki Lotin Amerikada boʻlib oʻtadi (Grinning muxlislari koʻpincha ushbu yerlarni Grinlandia deb ataydilar).U koʻplab asarlarida dengiz, sarguzasht va sevgini tarannum etgan[1].

Alexander Grin (Aleksandr Stepanovich Grinevsky) 1880-yilda Vyatka guberniyasining Slobodskoy shahrida (hozir Kirov viloyati) polyak millatiga mansub Stefan Hryniewskining (rus tilida Stefan Grinevskiy deb ataladi) xonadonida dunyoga kelgan. Stefan 1863-yilgi yanvar isyonida ishtirok etgani uchun jazo sifatida Tulaga surgun qilinadi va rus hamshira Anna Lyapkova bilan tanishadi[2]. Aleksandr Vyatkada maktabni bitirganidan soʻng (1896-yilda) Odessa boradi va u yerda daydilarcha hayot kechiradi[1].U dengizchi, konchi va qurilishda ishchi boʻlib ishlagan, ammo ko'pincha ishsiz qolib ketardi va tilanchilik qilib, otasi yuborgan pullar bilan kun kechirardi.

Rossiya armiyasiga qoʻshilganidan soʻng, u Socialist-Revolutionary Party ga aʻzo boʻladi, va ʻʻinqilobiy targ'ibotʼʼ chilik bilan shugʻullangan degan ayblov bilan qamoqqa olinadi. U 1906-yilda oʻzining birinchi qisqa hikoyasini gazetada nashr ettiradi. Xuddi shu yili u Sankt-Peterburgdahibsga olinadi va Tobolsk guberniyasining chekka bir hududida toʻrt yilga surgun qilinadi. Biroq, Tobolskga yetib kelganidan koʻp oʻtmay, Grin u yerdan qochib ketadi, va qonunga xilof ravishda Sankt-Peterburgga qaytadi.1910-yilda u yana hibsga olinadi va Arkhangelsk guberniyasiga yuboriladi. Kegostrov nomli bir kichik qishloqda[3], Grin birinchi xotini Vera Pavlovna Abramova bilan(1910-yilda turmush qurishgan) 1910-yildan 1912-yilgacha istiqomad qiladilar.

1912-yilda u Sankt-Peterburgga qaytib, xotini bilan ajrashadi. Oʻsha paytlarda Grin asosan qisqa hikoyalar nashr ettirardi; uning yirik asarlarining aksariyati 1917-yil oktyabr inqilobidan keyin yozilgan boʻlib,1920-yillarning birinchi yarmida katta shuhrat qozongan.1921-yilda u Nina Nikolaevna Grin [ru]ga uylanadi[4]. 1924-yilda ular dengiz boʻyida yashash uchun Feodosiyaga koʻchib oʻtishadi. Grinning umrining soʻnggi yillaridagi romantik qarashlari sovet adabiyotining asosiy oqimidan keskin farq qilar edi; Shu sababdan Moskva va Leningraddagi nashriyotlar uning asarlarini koʻrib chiqishdan bosh tortdilar va Grin umrining oxirgi yillarini rafiqasi bilan qashshoqlikda yashashga majbur boʻldi. Grin alkogolizm va sil kasalligidan aziyat chekdi, bu oxir-oqibat uning ahvolini yomonlashtirdi. U 1932-yilda Stariy Krimda oshqozon saratonidan vafot etdi va Stary Krym cemetery [ru] dafn etildi[5].

Rejissyor Andrei Tarkovskiy oʻzining ʻʻSayqallangan vaqtʼʼ kitobida, Grin ochlikdan oʻlar ahvolga kelganda oʻzi yasagan kamon va oʻq bilan biron hayvonni ovlash maqsadida togʻga chiqib ketayotganini tasvirlaydi. U Grinni eng chuqur ma’nodagi shoir namunasi sifatida ko‘rsatadi: ʻʻdunyoni idrok etish, voqelikka o‘ziga xos munosabat... insonni butun umri davomida yo‘naltiruvchi hayotiy falsafaga ega bo‘lgan ijodkorʼʼ deya taʻriflaydi[6].

Aleksandr Grinning romanidagi alvon yelkanli kema Sankt-Peterburgdagi ʻʻAlvon yelkanlarʼʼ bayramining ramziy timsoli hisoblanadi.

Aleksandr Grinning aksariyat asarlari u yashagan imperiya va sovet Rossiyasi voqeligiga bevosita aloqador emas. Uning ko‘plab romanlari va hikoyalari dengiz bo‘yidagi nomsiz bir yurtda kechadi. Bu joy, go‘yo Yevropadan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, barcha qahramonlarning ismi va tashqi ko‘rinishi ijhatdan G‘arbiy Yevropaliklarga o'xshaydi. Hattoki, uning adabiy taxallusi (Grin) ham o'zining asl familyasining (Grinevsky) ruscha bo'lmagan shaklidir.

Ukraina markasi, 2005 yil

Baʻzi tanqidchilar tomonidan ʻʻoʻsmirlar fantastikaʼʼ deb ta'riflangan[7] Grinning asarlarida 20-asr boshidagi voqeliklar (avtomobillar va banklar kabi) bilan umumiy jihatlar ko'p. Dengiz kapitanlari, dengizchilar, olimlar, sayohatchilar, jinoyatchilar, ekstravagant aristokratlar, qizlar, yovuz odamlar va har doim oʻz orzulariga sodiq qoladigan kuchli ruhiy qahramonlar yashaydigan dunyoni Grinning muxlislari koʻpincha Grinlandia deb atashadi. Uning baʻzi romanlarida sehr unsurlari uchraydi - bu uning badiiy olamining ajralmas qismi sifatida emas, balki unga duch kelgan kishilarning hayotini oʻzgartirib yuboradigan moʻjiza sifatida namoyon boʻladi.

  1. 1,0 1,1 The Soviet Union, A Biographical Dictionary, Macmillan, NY, 1990.
  2. Varlamov, Alexei. Александр Грин: биография (Alexander Grin: Biography) (ru). Moscow: Eksmo, 2010. ISBN 978-5-699-38651-2. 
  3. „Keg-Ostrov: Russia“. Geographical Names. Information Technology Associates. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  4. „Грин (Миронова) Нина Николаевна (Grin (Mironova) Nina Nikolaevna)“ (ru). Бессмертный барак (Immortal Barracks). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  5. „А. С. Грин (A. S. Grin)“ (ru). Крым на Красивое.ру (Crimea on Krasivoye.ru). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  6. Andrei Tarkovsky, Sculpting in Time (Austin: University of Texas Press, 1967) p. 21.
  7. Crossover Fiction: Global and Historical Perspectives, Sandra L. Beckett

[[Turkum:1932-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1880-yilda tugʻilganlar]]