Akvatoriya
Qiyofa
Akvatoriya [lotincha aqua — suv va (territoriya] — suv havzasi yuzasining 260bir qismi. Port akvatoriyasi deganda portning quruqlikdagi qismidan tashqari suv qismi tushuniladi. Gidro-aerodrom akvatoriyasi — suv yuzasining gidrosamolyotlar uchishi, qoʻnishi va langarda turishi uchun ajratilib, maxsus jihozlangan qismi. Yangi qurol va texnikani sinab koʻrish uchun poligon sifatida foydalaniladigan suv maydoni ham akvatoriya deyiladi. Baʼzan akvatoriya harbiy kemalar turadigan joyni ham oʻz ichiga oladi. Dengiz xoʻjaliklari (baliqchilik, boshqa dengiz hayvonlarini koʻpaytirish, dengiz karami yetishtirish va boshqalar) rivojlanishi bilan turli xoʻjalik akvatoriyalari paydo boʻlmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |