Kontent qismiga oʻtish

Ahmed Akaïchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmed Akaichi
Akaïchi Ahed safida, 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 23-fevral 1989-yil (1989-02-23) (35 yosh)
Tavallud joyi Bizerte, Tunis
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2005 Bizerte
2005—2007 Club Africain[1]
2007—2008 Bizerte
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Étoile du Sahel 46 (25)
2011—2012 Ingolstadt 04 25 (5)
2013—2015 Espérance de Tunis 63 (23)
2015—2016 Étoile du Sahel 20 (8)
2016—2018 Al-Ittihad 41 (19)
2018—2019 Étoile du Sahel 6 (0)
2019 Al-Ettifaq 14 (3)
2019—2020 Ahed 1 (2)
2020 Al-Shahania 6 (3)
2020 Al-Ahli 4 (1)
Milliy terma jamoa
2010—2018 Tunis 28 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-iyul uchun)

Ahmed Akaïchi (talaffuzi: Ahmed Akaichi; 1989-yil 23-fevralda tugʻilgan) — tunislik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akaïchi Tunisning Bizerte shahrida tugʻilgan. 2009—2010-yilgi mavsum oldidan „Etoile du Sahel“ jamoasida oʻynagan. 2009-yil 22-avgustda mahalliy raqib ES Hammam-Soussega qarshi oʻyinda toʻrtta gol urdi. Oʻyin 5:1 hisobida yakunlandi[2].

2011-yilning yozida Akaichi Tunisni tark etdi va Germaniyaning ikkinchi divizion klubi FC Ingolshtadt 04 ga qoʻshildi[3].

2015-yil iyul oyida Akaichi Angliya chempionatining „Reading“ jamoasi bilan sinovdan oʻtdi, ammo shartnoma tuzmadi[4].

2022-yil fevral oyida Livan Premyer-ligasi vakili „Ahed“ klubiga qaytdi[5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akaichi Tunis terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2010-yilda Angolada boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogi oʻyinlari uchun oldi[2][6].

Akaichi Tunisni 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogida himoya qildi[7].

Tunisning Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun dastlabki tarkibiga kiritildi. Ammo 23 kishilik yakuniy tarkibga kira olmagan olti futbolchidan biri boʻlib qoldi[8].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Tunisning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Akaïchining har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Ahmed Akaïchi tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[9]
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010-yil 20-iyun Xartum stadioni, Xartum, Sudan Sudan 6-1 6-2 Doʻstona
2 2013-yil 17-noyabr Stade Ahmedou Ahidjo, Yaunde, Kamerun  Kamerun 1-2 1-4 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2015-yil 26-yanvar Nuevo Estadio de Ebebiyín, Ebebiyin, Ekvatorial Gvineya  Zambia 1-1 2-1 2015 Afrika Millatlar Kubogi
4 2015-yil 26-yanvar Nuevo Estadio de Ebebiyín, Ebebiyin, Ekvatorial Gvineya  Kongo Demokratik Respublikasi 1-0 1-1 2015 Afrika Millatlar Kubogi
5 2015-yil 31-yanvar Estadio de Bata, Bata, Ekvatorial Gvineya Ekvotarial Gveniya 1-0 1-2 2015 Afrika Millatlar Kubogi
6 2016-yil 18-yanvar Stade Régional Nyamirambo, Kigali, Ruanda Gveniya 1-0 2-2 2016 Afrika Millatlar chempionati
7 2-1
8 2016-yil 22-yanvar Stade Régional Nyamirambo, Kigali, Ruanda  Nigeriya 1-1 1-1 2016 Afrika Millatlar chempionati
9 2016-yil 26-yanvar Stade Régional Nyamirambo, Kigali, Ruanda Niger bayrogʻi Niger 3-0 5-0 2016 Afrika Millatlar chempionati

Espérance de Tunis

  • Tunis Ligue Professionnelle 1: 2013—2014

Étoile du Sahel

  • Tunis Ligue Professionnelle 1: 2015—2016

Al-Ittihad

  • Valiahd shahzoda kubogi: 2016—2017
  • Qirol kubogi : 2018-yil

Ahed

  • OFK kubogi : 2019
  • Livan Premer-ligasi : 2021—2022
  • Livan Superkubogi : 2019-yil
  1. „Akaichi, Ahmed“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 30-avgust 2011-yil.
  2. 2,0 2,1 „Young Blood : It Works.“. Etoile.theoffside.com (22-avgust 2010-yil). 2010-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2010-yil.
  3. „Ingolstadt holt Akaichi“ (olmoncha). DFL (2-avgust 2011-yil). 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2011-yil.
  4. „Reading FC opt against move for Tunisia international striker - for now“. getreading.co.uk. Reading Post (28-iyul 2015-yil). Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
  5. „رسميًا.. العكايشي يعود إلى العهد“. كووورة (3-fevral 2022-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  6. Akaichi Ahmed. „Ahmed Akaichi“. Mtnfootball.com. 2012-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2010-yil.
  7. „Congo DR 1-1 Tunisia“. BBC (26-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2015-yil.
  8. Collins, Dylan. „Tunisia heads to World Cup 2018 without Akaichi or Ben Cherifia“. Yahoo Sports (2-iyun 2018-yil). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2022-yil.
  9. „Akaïchi, Ahmed“. National Football Teams. Qaraldi: 30-may 2018-yil.