Kontent qismiga oʻtish

Adajio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adajio (ital. adagio – sekin, vazmin) – 1) musiqada – sekin sur’at, andantedan sekin, lekin largo, lentolardan jonli; 2) shu ijro uslubida yaratilgan musiqiy asar yoki turkumli shakl qismi. Baʼzi mumtoz simfoniyalar muqaddimasi adajio sur’atida yozilgan (I. Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven va boshqalar) Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida adajio kup uchraydi. M. Tojiyevning kamer orkestri uchun „Adajio“ 3-simfoniyasidagi 1-qismining boshlangʻich boʻlagi, 4-simfoniyasining 4-qismi adajio sur’atida; 3) baletda ohangdor, mayin taraluvchi musiqa joʻrligida, koʻpincha, ohista harakatlardan tuzilgan, bir yoki ikki kishilik nafis lirik raqs. Baʼzan mustaqil raqs parchasi (pa-de-dyo, pa-de-trua, pa dak-son, gran pa); Ik. Akbarovning „Orzu“ baletida katta A., M. Ashrafiyning „Sevgi tumori“ baletida adajio qismlari mavjud; 4) asosan muvozanatni saqlashga yordam beradigan ohista, sekinlashtirilgan mashqlardan iborat yevropacha mumtoz raqs mashgʻulotining bir qismi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil