Špela Rogelj
Špela Rogelj | |
---|---|
2015-yil fevral oyidagi musobaqalardan | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (ayol) |
Fuqaroligi | Sloveniya |
Tavallud sanasi |
8-noyabr 1994-yil Ljubljana, Sloveniya[1] |
Sport | |
Qaysi sport | (Changʻida sakrash) |
Špela Rogelj (1994-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi sloveniyalik changʻida sakrash yoʻnalishidagi sportchidir[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rogelj changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini 2008-yil 23-yanvarda Dobbiakoda oʻn uch yoshida boshlagan. Bu Mintaqalararo kubok musobaqalariga toʻgʻri keladi. Keyinchalik 2009-yilda Liberetsda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida qatnashib 30-oʻrinni egallagan[3]. Ikki yil oʻtgach, 2011-yil 27-yanvarda Otepada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faqat Kolin Matteldan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallagan. Uning Qitʼa kubogidagi eng yaxshi natijasi 2011-yilning 29-noyabrida Rovaniemida erishilgan ikkinchi oʻrindir[4].
Jahon chempionatidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon kubogi darajasida u 2014-yil 5-dekabrda Lillexammerdagi birinchi yakka tartibdagi musobaqalarida gʻalaba qozonish bilan boshlagan[5], bu unga 2015-yil 11-yanvarda Sapporoda boʻlib oʻtadigan keyingi musobaqagacha ayollar turnir jadvalida yetakchilik qilishiga sabab boʻlgan. Mavsum davomida, Rogelj oʻzining dastlabki formasini saqlab qola olmagan va 2014—2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan; Shunga qaramay, bu uning jahon chempionatidagi eng yuqori reytingi hisoblanib qolgan[6].
Jahon chempionati rekordi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rogelj Xalqaro changʻida sakrash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan changʻida sakrash Jahon kubogining 2011-yilgi musobaqalaridan boshlab hozirgi kungacha yaʼni 2021—2022-yilgi changʻida sakrash Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Ammo kop yillik urinishar texnik qoʻnishdagi va uchish uslubidagi kamchiliklar unga ballar yigʻishda anchagina toʻsqinlik qilgan. Asosan jamovaiy musobaqalarda faol ishtirok etgan, yakka tartibdagi natijalari jamoaviy bahslardan yuqoriroq hisoblanadi.
Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Jami ballar | ST | AK | L3 | RA | BB |
---|---|---|---|---|---|---|
2011—2012-yil | 17 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2012-2013-yil | 11 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2013-2014-yil | 20 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2014—2015-yil | 4 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2015-2016-yil | 10 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2016-2017-yil | 17 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2017-2018-yil | 19 | Yoʻq | Yoʻq | 11 | Yoʻq | Yoʻq |
2018-2019-yil | 21 | Yoʻq | Yoʻq | 35 | 26 | 18 |
2019-2020-yil | 22 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | 24 | Yoʻq |
2020-2021-yil | 19 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | 11 |
2021-2022-yil | 12 | 14 | 8 | Yoʻq | 11 | Yoʻq |
Yakka tartibdagi gʻalaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqam | Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 2014—2015-yil | 2014-yil 5-dekabr | Lillehammer | Lysgårdsbakken HS100 | NH |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Špela Rogelj – Player Profile – Ski Jumping“ (inglizcha). Eurosport. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
- ↑ „Čustven dan prve Slovenke z zmago v svetovnem pokalu“ (slovencha). Siol (13-mart 2022-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
- ↑ „ROGELJ Spela – World Ski Championships“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
- ↑ „ROGELJ Spela – Continental Cup“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
- ↑ „ROGELJ Spela – World Cup“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
- ↑ „ROGELJ Spela – Cups“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.