Oxirat
Oxirat (arab. — oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) — diniy tushuncha. Oxirat haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xos. Islomdagi Oxirat haqidagi tasavvur va rivoyatlar yahudiylik, xristianlikdagi tasavvurlarga va baʼzi Sharq xalqlarining diniy rivoyatlariga qisman oʻxshab ketadi, Qurʼonda osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib oʻrnidan turishi, soʻroq qilinishi, gunoh va savobning oʻlchanishi, marhumlarning jannat yo doʻzax (jahannam)ga joʻnatilishi tafsilotlari va shu kabilar keng berilgan.Qiyomat alomatlari:(katta) Oxirat kunida uchta yirik zilzilalar boʻlishi,dajjol kelishi va odamlarni yoʻldan urishi,Iso alayhissalom kelishi dajjol va unga ergashgan kishilarni oʻldirishi, Yajuj va Majuj chiqishi, Arab choʻllariga daryo va oʻtloqlar qaytishi.Va eng asosiysi qiyomat kunida quyosh Sharqdan emas balki Gʻarb tarafdan chiqishi[1]
Manbalar
tahrir